Parijda «O‘zbekistonlik. Generating Ideas» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

E‘lon qilindi· 214
Parijda «O‘zbekistonlik. Generating Ideas» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

23-aprel kuni “O‘zbekistonlik. Generating ideas” koʻrgazmasi Uzbekistan`s club ijodiy jamoasi tomonidan tashkil etildi. Forumda turli mamlakatlar va sohalarda xalqaro darajada muvaffaqiyatga erishgan 200dan ortiq oʻzbekistonlik vatandoshlar ishtirok etdi. Forumga Oʻzbekistondan kreativ va media industriyasining yetakchi vakillari tashrif buyurishdi.

Forumning markaziy mavzusi Orolboʻyi va qurib borayotgan Orol dengizi boʻldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bilan hamkorlikda Aral Dream nodavlat notijorat tashkiloti “Salty lives” badiiy loyihasi rejasini taqdim etdi. Unda Muxlisa Azizovaning Qoraqalpogʻiston ayollari portretlari fotokoʻrgazmasi, rejissyor Rustam Meliyev tomonidan suratga olingan yangi qisqa metrajli film hamda Oʻzbekiston yetakchi dizaynerlarining Orol dengizidan ilhomlanib yaratgan liboslari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Salty lives loyihasining maqsadi butun dunyo eʼtiborini OAV va ommaviy madaniyatda ilgari yoritilmagan mavzu: iqlim oʻzgarishining Orolboʻyi ayollariga qanday taʼsir koʻrsatishiga qaratish. Bu maqsadda Parij tanlangani ham tasodif emas. Afsuski, jahon hamjamiyati 2015-yilda iqlim boʻyicha Parij kelishuvida atmosferaga uglerod chiqindilarini kamaytirish boʻyicha belgilangan maqsadlarni samarali amalga oshira olmadi. Shu bilan birga, Orolboʻyi iqlim oʻzgarishi oqibatlari eng koʻp namoyon boʻlayotgan sayyoramiz burchaklaridan biridir.

Loyiha mualliflarining fikricha, rivojlangan sanoat davlatlari global isishdan aziyat chekayotgan odamlarga koʻproq eʼtibor qaratishlari kerak. Badiiy loyihaning birinchi qismida Qoraqalpogʻiston ayollari surat-portretlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Muallif Muxlisa Azizova va fotograf Rustam Meliyev ulkan Borsakelmas shoʻrxogida turli yoshdagi ayollar milliy qoraqalpoq liboslarini suratga olishdi. Suratlar rassom Abdurahmon Muhammadiyev installyatsiyalariga joylashtirilgan va baliq ovlash toʻrlari bilan hoshiyalangan.

Portretlar qahramonlarning yoshini koʻrsatish bilan ajoyib tarzda toʻldiriladi. Loyihaning ikkinchi qismi rejissyor Rustam Meliyev va operator Jahongir Ibrohimov tomonidan suratga olingan fotokoʻrgazma qahramonlari ishtirokidagi qisqa metrajli filmdir.

Film oxirida Adham Abduraimov muallifligidagi musiqaga mahorat bilan uygʻunlashtirilgan qoraqalpoq onaxonning butun insoniyatga qaratilgan monologi yangraydi. Film premerasi 25-aprel kuni Youtube va araldream.com saytlarida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekistonning yetakchi dizaynerlari va modelerlari koʻrgazmaning uchinchi qismini yaratishda birlashdilar. Forumda Orol dengizidan ilhomlangan liboslar modellari toʻplami namoyish etildi. Uni yaratishda Dilnoza Umrzoqovaning Anor, Lali Fozilovaning Lali, Zuhra Inatning Moel Bosh, Nilufar Abduvaliyevaning Mursak, Sarvinoz Anvarovaning Art Ansar moda uylari, shuningdek, dizaynerlar Nigora Hoshimova va Zulfiya Sulton ishtirok etdi. Toʻplam Parijga Borsakelmas shoʻr botqogʻidan olib kelingan tuz yordamida yaratilgan maxsus installyatsiyada taqdim yetildi.

Aral Dream nodavlat notijorat tashkilotining asosiy vazifasi Orol dengizi, Orolboʻyi va Qoraqalpogʻiston aholisining ekologik halokatiga jahon hamjamiyatining eʼtiborini qaratishdan iborat. Aral Dream tashkiloti asoschilari bugungi kunda dunyo bu fojiani unutgan, Orol mavzusini jahon ommaviy axborot vositalarining kun tartibiga, ommaviy madaniyatga olib kirish uchun astoydil harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. Tashkilotning yana bir muhim maqsadi hududda inson salohiyatini, birinchi navbatda, bunyodkorlik tarmoqlarini rivojlantirishdir. Loyihalar va tashkilot jamoasi haqida qoʻshimcha maʼlumotni araldream.com saytidan olishingiz mumkin.

2021-yilda Aral Dream jamoasi Jenisbek Piyazov va ELEKTROOKO guruhi ishtirokida “Ertangi kun” nomli klip yaratdi, unda kompyuter texnologiyalari yordamida Orol dengizini qayta tiklandi. 2022-yilda esa Berlinda mashhur aktyor Erkin Bozorov ishtirokida “Shoʻrxok” filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Film Amerika kinofestivallarida ikkita mukofotga sazovor boʻlgan. Har ikkala videoni Aral Dream Youtube kanalida tomosha qilish mumkin.

Tomoshabinlar “O‘zbekistonlik” filmining rasmiy saundtrekini repper Konsta tomonidan jonli ijroda kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Klip tadbir bo‘layotgan vaqtda qo‘shiqning YouTube tarmog‘i orqali ko‘rishlar soni 250 mingdan ortgandi.