6 696 dollarlik muzqaymoq Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
E’lon qilingan sana: · 866

Yaponiyaning Cellato muzqaymoq brendi Ginnes rekordini o‘rnatdi. Jamoa 873 400 yapon iyenasi yoki taxminan 6 696 dollarga sotiladigan muzqaymoq porsiyasini yaratdi, bu esa uni dunyodagi eng qimmat muzqaymoqqa aylantirdi.
Ushbu desert yeyish mumkin bo’lgan oltin, oq tryuffel va tabiiy pishloqlar yordamida tayyorlangan.
Loyihaning rivojlanishini nazorat qilgan Osakadagi RiVi restoranining oshpazi 1,5 yil davomida Yevropa va Yaponiya ingredientlarini birlashtirgan. Kelajakda Cellato, misol uchun, shampan vinosi va ikra kabi eng yaxshi ingredientlardan foydalangan holda boshqa kombinatsiyalar bilan ko’proq mahsulotlar chiqarishni rejalashtirmoqda.