"Jimlikni anglagan, musiqani eshita oladi" – Flyin Up rok guruhining o‘zbek tilidagi ilk albomi taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 1 045
"Jimlikni anglagan, musiqani eshita oladi" – Flyin Up rok guruhining o‘zbek tilidagi ilk albomi taqdim etildi

Iyun oyi boshida Flyin Up rok guruhining “Jimlik” nomli ilk o’zbek tilidagi albomi taqdim etildi. Albomdan “Qanday go’zal bu olam”, “Yetilib”, “Aks sado”, “Voz kechish” singari bir qator qo’shiqlar o’rin olgan.

Afisha.uz muharriri guruh solisti Jasur Xudayberdiyev bilan mazkur albom haqida suhbatlashib, fikrlari bilan qiziqdi.

Albomni o’zbek tiliga tarjima qilish g’oyasi kimga tegishli?

— O'zbek tilida albomni chiqarish — guruhimiz barcha a’zolarining birgalikda qabul qilgan qarori bo’lib, bu bilan biz o’zbekzabon tinglovchilar nima haqida qo’shiqlar yozayotganimizni tushuna olishlarini xohladik.

Ushbu albom o’zbek musiqa san’ati uchun nimalarni bera oladi deb o’ylaysiz? Uning farqi nimada?

— Bu turkiy madaniyatlarning musiqiy an’analari bilan chambarchas bog’langan o’zbek tilidagi eng birinchi progressiv-rok albom.

Tarjima jarayonida qanday qiyinchiliklar bo’ldi?

— Hech qanday qiyinchiliklar bo’lmadi, chunki uning she’riy tarjimasiga bizning ijodimizni hurmat qilib keladigan do’stim — Mirzo Zominiy ko’maklashdi.

Nima deb o’ylaysiz, o’zbek tiliga ushbu janrdagi qo’shiqlarni tarjima qilish, chet ellik tinglovchilarni ham o’ziga jalb qilishi mumkinmi?

— Ha, jalb qila oladi deb o’ylaymiz, zero til — bu kolorit va har bir tilning o’ziga xos ohandorligi va xarakteri bor.

Albomdagi qo’shiqlarga kliplarni ham olish rejada bormi?

— Ha, ular ustida ishlash jarayonidamiz. Kliplar asnosida animatsion film bo’ladi.

O’zbek rok san’atining kelajagi haqida nima deya olasiz?

— Keng ma’noda u bo’lmagan ham, bo’lmaydi ham (aholi soniga nisbatan olib qarasak, O’zbekistonda guruhlar juda kam). Biroq albomimiz kimnidir ilhomlantirishidan umidvormiz.

Qo’shiqlarning she’riy tarjimalari muallifi — Mirzo Zominiy albom haqida:

“Bundan bir necha oy avval biz Jasur bilan birgalikda 4−5 soatdan vaqt ajratib, vaqti-vaqti bilan ularning yangi albomidagi qo‘shiqlar she’rlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgandik. So‘zlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga satrma-satr, har satrini ohangga solib tarjima qilish murakkab kechgan bo‘lsa-da, ilk e’tirofni qahvaxonalardan birida tarjima tugagach, ingliz mehmondan eshitish boshqacha taassurot bergandi”.

Albomni tinglash mumkin bo’lgan platformalar quyidagi havolada.

Nozima Xoshimova
Muallif
Nozima Xoshimova
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ