O‘zbekistonda rus telekanalining «Выжить в Самарканде» shousini suratga olish ishlari boshlandi

14-sentabr kuni Samarqandda Leysan Utyasheva va Pavel Volya boshchiligidagi rus shousining ikkinchi faslini suratga olish ishlari boshlandi. Birinchi sonini suratga olish ishlari Dubayda bo‘lib o‘tgan edi.
“Ha, siz toʻgʻri eshitdingiz, bu safar biz o’zimiz uchun mutlaqo nomaʼlum mamlakatni tanladik. O‘zbekistonning qadimiy tarixi ta’sirli va hayratlanarli. Ha, markaziy shaharlar sivilizatsiya qo‘rg‘oniga aylandi, ammo tog‘lar… tog‘lar sir-sinoatlar va ko‘p asrlik tarixni saqlaydi”, — deydi TNT telekanali direktori Tina Kandelaki.
Shou konseptiyasiga ko’ra, yulduzlardan iborat jamoa xalq ishtirokchilari bilan kuch sinashishadi. Jamoalar har bir shartda g’alaba qozongandan so’ng mukofot sifatida hashamatli mehmonxonada dam olishadi, yutqazganlar esa tom ma’noda “omon qolish uchun kurashishadi”. Har hafta ishtirokchilardan biri shouni tark etadi.
Xalq terma jamosiaga Rossiyaning turli shaharlaridan kelgan, ilgari hech qachon xorijda bo’lmagan odamlar yig’ilgan.
“Samarqandda yangi mavsum suratga olinmoqda, bu safar ishtirokchilar tog‘lar ulug‘vorligi oldida ta’zim qilishlari kerak, tog‘lar esa cho‘lga nisbatan butunlay boshqacha sehrga ega. Hammamiz — suratga olish guruhi ham, ishtirokchilar ham — bu yerda hech qachon bo‘lmaganmiz. Albatta, biz bu joylarning buyuk tarixi haqida bilamiz. Samarqand ikki ming yildan ortiq vaqt davomida Buyuk Ipak yo‘lining asosiy nuqtasi bo‘lgan. Hozir suratga olish maydonchasida biz ushbu afsonaviy shahar bilan yaqindan tanishmoqdamiz” — deydi Leysan Utyasheva StarHit sayti uchun.