“Garri Potter”ning tayoqchasidan tortib, Napoleon Bonapartning kapalaklar kolleksiyasigacha — Magic Museum haqida

E’lon qilingan sana· 1 211
“Garri Potter”ning tayoqchasidan tortib, Napoleon Bonapartning kapalaklar kolleksiyasigacha — Magic Museum haqida

Magic Museum — bu Magic City bog‘ida joylashgan zamonaviy muzey (lokatsiya). Afisha.uz muxbiri ushbu muzeyga tashrif buyurib, maxsus reportaj tayyorladi.

Muzey 6 ta zaldan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida tematikada.

Muzeyga kirishingiz bilan sizni shoh taxtini qo‘riqlab turgan “ritsar” kutib oladi. Birinchi zalda qadimiy tangalar ham saqlanadi. Shuningdek, bu yerda turli interaktiv o‘yinlar ham bor, masalan siz o‘zingizni arxeologlardek his qilib ko‘rishingiz mumkin. Aytgancha, u yerga o‘rnatilgan bankda sizni pullar ham kutmoqda.

  • false
  • false

Muzeyning keyingi xonasi — hayvonot olami. U yerda timsoh bosh suyagi va noyob hayvonlar maketidan tortib, Napoleon Bonapartga tegishli kapalak va hashoratlar kolleksiyasigacha ko‘rishingiz mumkin. Uni Parijdagi Luvr muzeyi Magic Museum uchun maxsus taqdim etgan.

  • true
    2-xonaning umumiy ko‘rinishi. O‘rtada — dinozavr skeleti
  • true
    Dinozavr bosh suyagi skeleti
  • true
    Timsoh boshsuyagi skeleti
  • true
    Napoleon Bonapartning kapalak kolleksiyasi

Uchinchi zalda sizni kosmonavtlar kutadi. Bu yerda siz real skafandlar, oy tuprog‘i va toshi hamda oyda olingan real videoyozuvlarni yoqimli musiqa fonida tomosha qilishingiz mumkin.

  • true
    Xonaning umumiy ko‘rinishi. Orqa fonda yoqimli musiqa
  • true
    Illyustrativ skafandr
  • true
    “Orlan” kosmik kostyumi qo‘lqopi. Ular har bir kosmonavt uchun alohida tayyorlanadi. Magic Museum’ga uchunvchi-kosmonavt — Sovet Ittifoqi qahramoni Yuriy Romanenkoning qo‘lqopi keltirilgan
  • true
    1969-yilda Oyga yuborilgan Apallon 15 missiyasida to‘plangan namunalardan biri — Oydagi tosh

Yo‘lak bo‘ylab keyingi zalga o‘tsangiz, u yerda Ginnes rekordlariga kirgan g‘ayrioddiy insonlarning haykaliga ko‘zingiz tushadi.

  • true
    Xonaning umumiy ko‘rinishi
  • true

5-zalning yarmi O‘zbekistonga bag‘ishlangan. U yerda Alisher Navoiyning iplardan yaratilgan, Amir Temurning klaviatura tugmalaridan yaratilgan surati va Oliy Majlis hamda Registon maydonining tanga va tish kovlagichdan yasalgan maketlari bor.

Garri Potter filmining suratga olishda foydalanilgan mo‘jizaviy tayoqcha ham aynan shu xonada. Film muhlislari buni albatta borib ko‘rishlari kerak.

  • true
    “Vaqt mashinasi”
  • true
    Klaviatura tugmalaridan yaratilgan Amir Temur portreti
  • true
    Oliy Majlis Senati binosining tangalardan yasalgan maketi
  • true
    “Garri Potter” filmi suratga olish jarayonlarida ishlatilgan tayoqcha

So‘nggi xonaga ko‘zlaringizni illyuziyalarga tayyorlagan holda o‘tishni tavsiya etamiz, chunki u yerda ko‘zingizni aldaydigan suratlar va instllyatsiyalar juda ko‘p. Shuningdek, muzeyning so‘nggi manzili sifatida Vortex yo‘lagini tanlashingiz mumkin.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Muzey ish vaqti: 10:00 — 22:00. Kirish narxi: 25 000 so‘m (2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul).

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ