Virusga aylangan qoʻshiq, Oʻzbekiston–Eron, A'zam Qahramoniy: iyun oyining eng yaxshi memlari

E’lon qilingan sana· 426
Virusga aylangan qoʻshiq, Oʻzbekiston–Eron, A'zam Qahramoniy: iyun oyining eng yaxshi memlari

Bugungi kunda memlar hayotimizning asosiy qismiga aylangan. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda minglab kulgili rasmlarga koʻzimiz tushadi. Mem madaniyatini oʻrganish, uni kuzatib borish foydadan holi boʻlmaydi. Afisha.uz iyun oyi davomida ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlgan memlarni bir yerga yigʻdi.

Butun dunyoda, shu bilan birga Oʻzbekistonda ham koʻplab odamlar Hamster Kombat oʻyinini oʻynamoqda. Mart oyida boshlangan oʻyinga koʻra, oʻyinchi ekrandagi ogʻmaxonni ustiga bosishi va tangalar yigʻishi kerak. Albatta, ushbu oʻyin va uni oʻynayotganlar haqida hazil qiladiganlar ham yetarlicha topildi.

“Surxon” jamoasi matbuot xizmati “Metallurg” jamoasiga qarshi Superliga uchrashuvini trenddagi mavzuga mos tarzda e’lon qildi.

21-iyun kuni Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun 25 000 ta shartnoma sotilishi haqida xabarlar e’lon qilindi. “Kurbanoff.net” kanali bu yangilikka quyidagicha reaksiya bildirdi.

Iyun oyida ham miyaga oʻrnashib qoladigan qoʻshiq mashhurlikka erishdi. Gʻaybulla Tursunovning “Janona” nomli qoʻshigʻi deyarli hamma joyda yangray boshladi.

Bundan tashqari, iyun oyida 2026-yilda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati saralashi 3-bosqichiga qur’a tashlandi. Unda 2-bosqichda bir-biriga raqib boʻlgan Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari 3-bosqichda ham bir guruhdan oʻrin oldi.

Boshlovchi va bloger A’zam Qahramoniy iyun oyidagi memlarda faol qatnashdi. Uning Samarqanddagi yoshlar festivalida tushgan raqsi memga aylandi.

Umuman olganda A’zam Qahramoniy iyun oyidagi memlar qahramoniga aylandi deyish mumkin. U oʻzining Instagram sahifasida Milliy telekanalidagi tok-shoudan kadr joyladi va unga Gʻarbda mashhur boʻlgan mem-jumla bilan izoh berdi.

X (sobiq Twitter) foydalanuvchilari ham bu mem-shablondan foydalanib hazillar qildi.

Ushbu jamlanma koʻngil ochish maqsadida tayyorlandi. Unda hech kimni haqorat qilish, ustidan kulish maqsadi koʻzlanmagan. Kuling, umringiz uzoq boʻladi!

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ