"X-Faktor" 2-mavsum hakamlari ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 2 231
"X-Faktor" 2-mavsum hakamlari ma'lum boʻldi

FTV telekanali orqali efirga uzatiladigan “X-Faktor” musiqiy loyihasining 2-mavsumi hakamlar hay’ati ma’lum boʻldi. Bu haqda xonanda Lola oʻz Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Lolaning tarmoqqa joylagan videosidan ma’lum boʻlishicha, “X-Faktor” 2-mavsumida xonandalar Lola, Munisa Rizayeva, reper Shaxriyor va Ibrohim Ahmedovlar hakamlik qiladi.

Loyihaning Instagram sahifasida qoʻshimcha qilinishicha, 22-iyuldan boshlab “Turkiston” san’at saroyida tasvirga olish jarayonlari boshlangan. Loyiha FTV telekanali orqali kuzda efirga uzatiladi.

Ta‘kidlanishicha, loyiha jamoasi iqtidorli ijrochilarni izlab O‘zbekiston shaharlarini aylanib chiqqan. 2024-yilda Samarqand, Nukus, Farg‘ona, Namangan, Xiva va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tgan kastinglarda sakkiz mingga yaqin kishi qatnashgan.

Yangi mavsumda shou ishtirokchilari FTV telekanali professional hamkorligi: qo‘shiq yozish, klip suratga olish va efirdagi rotatsiya uchun kurashadilar. Shou prodyuserlari g‘olib loyiha tugashi bilanoq o‘zbek sahnasida karyerasini davom ettirishini istaydi.

Bundan tashqari, g‘olibga 100 million so‘m mukofot taqdim etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling