"Bring Me To Life" qoʻshigʻi oʻzbek tilida kaver qilindi

E’lon qilingan sana· 142
"Bring Me To Life" qoʻshigʻi oʻzbek tilida kaver qilindi

“Evanescence” rok guruhining “Bring Me To Life” qoʻshigʻi “Hooligans Band” va Nikina tomonidan oʻzbek tilida kaver qilindi.

Qoʻshiq oʻzbek tilida “Yashat meni” deya nomlandi. Uni oʻzbek tiliga Nigina Usmonova (Nikina) va Dilshoda Muborakova tarjima qilgan.

Original qoʻshiq 2003-yilda chiqarilgan. YouTube platformasiga joylashtirilgan klip esa hozirgacha 1,5 milliarddan ortiqroq koʻrilgan.

Ma’lumot uchun, Jasur Xudoyberdiyev boshchiligidagi “Hooligans Band” avvalroq “Nola” guruhining “Xoh inon, xoh inonma” qoʻshigʻini kaver qilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling