2026 bu yangi 2016: Oʻsha damlarga qaytamiz

E’lon qilingan sana· 129
2026 bu yangi 2016: Oʻsha damlarga qaytamiz

Bir uxlab ko‘zingizni ochdingiz qarabsizki deraza ortida, toʻgʻrirogʻi, ekranlar ortida 2016-yil. Yangi yil kirib kelganiga bir oy ham to‘ldi, ammo ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘z yo‘nalishini yo‘qotgandek: hamma o‘n yil ortga sayohat qilmoqda. Instagram va TikTok lentalari 2016-yil estetikasi bilan to‘lib-toshgan, quloqchali Snapchat suratlari, rangli sochlar, yorqin kiyimlar, qalin va o‘tkir qoshlar, Rihanna va Drake qo‘shiqlari, Zootopia, Marvel va DC olamidagi janglar bilan esda qolgan yil yana biz bilan. Oʻsha davr insonlarining xotirlashicha, Instagramda hamma faqat oʻzining doʻstlari uchun selfilar joylagan va “influnser'lar boʻlmagan, reklamalarniku aytmasa ham boʻladi. Shaxsan men uchun ham ancha qiziq boʻlgandek tuyuldi.

Bugun internetda tobora ko‘proq “2026 bu yangi 2016” degan ibora yangramoqda. #2016 xeshtegi ostida millionlab postlar, videolar joylanmoqda. Foydalanuvchilar eski suratlarini qayta joylayapti, o‘sha davr qo‘shiqlari tinlanmoqda, filmlar va memlarni eslashmoqda. Bu trend shunchaki o‘tmishga bo‘lgan sog‘inch emas, u ancha chuqurroq ma’noga ega.

Xo‘sh, nega aynan 2016-yil trendga aylandi? Bugun biz 2016-yil fenomeni, uning “so‘nggi sodda yil” sifatida qanday qabul qilinayotgani va o‘sha davrning eng yorqin musiqalari va filmlari haqida ma’lumot beramiz.


Trend boʻlsa trendda

Nega internet 2016-yilni sog‘inmoqda?

2016-yil atigi o‘n yil avval bo‘lganiga qaramay, internet madaniyati shu qadar o‘zgardiki, bugun ko‘pchilik o‘sha davrga biroz xiralashgan Instagram filtrlari orqali eslayapdi. Memlar evolyutsiyadan o‘tdi, raqamli makon butunlay boshqa shaklga kirdi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uslubi ham keskin o‘zgardi. Endilikda foydalanuvchilar shaxsiy hayotini ommaga joylashga unchalik qiziqmaydi.

Oʻziga xos “retro” estetikaga ega boʻlgan 2016-yilda Snapchat’dagi mashhur “kuchukcha filtri” texnologik yutuq sifatida qabul qilingan. Bugun TikTok va Instagram foydalanuvchilari o‘sha davrdagi sevimli suratlarini qayta joylayapti.

2016-yilda Captain America: Civil War kinoteatrlarda namoyish etilib, Marvel’ning mutlaq ustunligini mustahkamladi, Netflix esa Stranger Things serialining ilk mavsumini taqdim etgan va 2026-yilda mutlaq mashhurlikka erishdi.

“2026 — bu yangi 2016”

2016 nostalgiyasi avvalo yosh TikTok foydalanuvchilari orasida paydo bo‘ldi. Ular bugungi internet holatidan — sun’iy intellekt yaratgan mazmunsiz kontent, past saviyadagi “brainrot” medasiga tegdi.

Hazil tariqasida boshlangan “2026 is the new 2016” iborasi “Buyuk Mem Reset” (Great Meme Reset) nomli harakatga aylandi. G‘oya oddiy edi: eski, klassik memlarni qayta joylash orqali internetni “tozalash” va unutilgan trendlarni qayta jonlantirish. Aynan 2016-yil memlarning “oltin davri” sifatida tanlandi.

Instagram

Musiqa va filmlardan oldin, biz Instagram profillaridan 2016-yilni eslayotgan mashhurlarni birgalikda koʻrib chiqamiz.

Bu ro‘yxatni Kayli Jennersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sababi 2016-yil aynan uning “King Kylie” davri bilan yodda qolgan: o‘sha yili Kayli o‘zining ilk kosmetika to‘plamini taqdim etib, go‘zallik sanoatida yangi trend boshlab bergan edi. Oradan o‘n yil o‘tib, u aynan shu eraga qaytayotganini ochiq e’lon qildi — 2026-yilda taqdim etilgan yangi kolleksiya ham bevosita 2016-yil estetikasi va kayfiyatiga bag‘ishlangan.

  • false
  • false
  • false
  • false

Instagramdagi eng shov-shuvli juftliklardan biri Jastin va Heyli Biberlar ham ushbu trendda yana muhokama markaziga aylandi. Muxlislar Justinning 2016-yilgi Selena Gomez bilan tushgan suratiga yozilgan kommentga layk bosishi bilan boshlangan muhokama Heylining 2016-yildagi xotiralari bilan ulanib ketdi.

Selena Gomezning 2016-yildan suratlari “Rare beauty” kometika brendining profiliga joylandi.

Dua Lipa ham juda samimiy post qodirgan.

Charli Puz oʻsh yillarda urfda boʻlgan selfilari bilan.

Oʻzbek media olamidagi mashhurlar ham 2016-yilga qaytganlar bor ulardan biri esa bloger va qoʻshiqchi Husnora Shodiyeva.

Va albatta istalgan trend boshlangandan keyin bu trendga javoban oʻz fikrini bildiradiganlar doim ham boʻladi. Bulardan Dudewithsign oʻzining uslubida post joylagan.

Oʻzbek Instagram blogeri Shahzoda Abdusalomova ham kechirim soʻragan holda ushbu trendga javoban video joylagan.


Arxivni koʻtaramiz

Musiqa

Endi navbat oʻsha oltin davrlarning eng mashhur musiqalariga keldi.

Biz uchun bitta qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan san’atkorlar ko‘p, aslida ularning o‘nlab qo‘shiqlari bo‘lsa ham. Shulardan biri Desiigner. Uning Tiimmy Turner treki 2016-yilda xit darajasiga ko‘tarilgan.

Chainsmokers 2010-yillar uchun eng mashhur guruhlaridan edi. Ularning Halsey “Closer” dueti dunyo boʻylab tinglangan.

The Chainsmokers — Don’t let me down

Koʻpchilik uchun qoʻshiqlari motivatsiyasiga aylangan Sia’ni eslamaslikning iloji yoʻq. Sianing “Unstoppable” qoʻshigʻi hozirgi kungacha tinglab kelinadi. Qoʻshiq haqiqatan ham insonga kuch bergandek boʻladi bu shubhasiz.

2015-yil oxirida chiqarilgan boʻlsa ham 2016-yilda xitga aylanib hozir ham sevimli qoʻshiqlar qatoridan joy olgan mazmunan ham juda yaxshi qoʻshiq Lukas Grehamning “7 years” qoʻshigʻi koʻpchilikning qalbidan joy olgan. Biz ham qariyapmiz, yaqinda 30ga kiramiz.

Rus qoʻshiqchilari ham bu davrda yaxshi qoʻshiqlar taqdim etishgan. Bulardan bitta Potap va Nastyaning juda bir iliq qoʻshigʻi “У мамы” treki.

2016-yil vaybini toʻliq his qilish mumkin boʻlgan treklardan yana biri.

Buritoning “Megaxit” qoʻshigʻi ham roʻyaxitimizga xit boʻlib kira qolsin.

Макс Барских — Туманы

Bastaning “Выпускной” qoʻshigʻi barchaning qalbini qaysidir man’noda zabt etgan. Agar bu hayotga ushbu qoʻshiqni eshitmagan “odamlardan” boʻlsangiz gunohingizni yuvish uchun yana bir imkon.

Mot ham oʻz ijodidagi xit qoʻshiqlarini shu yillar atrofida chiqargan.

Qizlarning krashi Yegor Krid ketma-ket xit qoʻshiqlar taqdim qilgan. Black Star jamoasi uchun semahsul yillar boʻlgan.

Timati ham Lada mashinalarini savdosini oshirib, “Баклажан” qoʻshigʻi xit darajasiga chiqgan.

Oʻzbek estradasiga ham bir nazar tashlasak boʻladi. Juda bir rang-barang ijod namunalarini topishimiz mumkin.

Via Marokand oʻziga xos uslubiga ega boʻlgan ajoyib guruhlardan biri edi va buni rad etib boʻlmaydi, ularning bir qancha qoʻshiqlarini pastda qoldiramiz.

Hozirda oldingidek ijod qilmay qoʻygan boʻlsa ham Ulugʻbek Rahmatullayev juda samimiy qoʻshiqlar yaratgan. Kliplar ham alohida mavzu.

Bu jamlanmada Munisa Rizayevani eslamaslikning iloji yoʻq, shu davr oraligʻida bir qancha xir taronlarni chiqargan boʻlsa ham 2016-yil uchun biz bop faqat “Man bop” qoʻshigʻi bor.

Film, multfilm va serial

Quyida sizga 2016-yilda yaratilgan yoki taqdim etilgan koʻrishga arzigulik film, mutlfilm va seriallarni beramiz.

Fleabag

Fleabag komediya-drama seriali bo‘lib, unda zamonaviy Londonda yashovchi ochiqko‘ngil yosh ayolning hayoti tasvirlanadi. Serial yolg‘izlik, yo‘qotish, aybdorlik, sevgi va o‘zini anglash kabi mavzularni qora yumor orqali ochib beradi.

Serialni tomosha qilish.


Dangal

Dangal hind sport-dramasi bo‘lib, haqiqiy voqealarga asoslangan. Filmda sobiq kurashchi Mahavir Sinh Phogat qizlarini professional kurashchi qilib tarbiyalashga qaror qiladi va ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyat sari mashaqqatli yo‘li tasvirlanadi.

Filmni tomosha qilish.


Uy hayvonlarining sirli hayoti

2016-yilda ishlangan komediya janridagi multfilm boʻlib, egalar uyda bo‘lmagan paytda uy hayvonlari qanday yashashi, nimalar bilan shug‘ullanishi va qanday sarguzashtlarga duch kelishini kulgili tarzda ko‘rsatadi.

Multfilmni tomosha qilish.


Split

Split psixologik triller bo‘lib, alter egoʻlari mavjud boʻlgan erkak tomonidan o‘g‘irlab ketilgan uch qiz atrofidagi voqealarni hikoya qiladi. Film inson ongining qorong‘i tomonlari, ruhiy travma va ichki kurash mavzularini keskin tarzda ochib bergan.

Filmni tomosha qilish.


La la land

La La Land — romantik musiqiy film deyishdi aslida esa qoʻrqinchli film. Asarda Los-Anjelesda orzulari ortidan quvgan ikki yosh Mia va Sebastyanning muhabbati va tanlovlari tasvirlanadi.

Filmni tomosha qilish.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling