“Tamerlano” operasi 2027-yilda Nyu-Yorkdagi “Karnegi-xoll”da namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 35
“Tamerlano” operasi 2027-yilda Nyu-Yorkdagi “Karnegi-xoll”da namoyish etiladi

2027-yil mart oyida “Tamerlano” operasi AQShning Nyu-York shahridagi mashhur “Karnegi-xoll” konsert zalida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda prezident tanishgan madaniyat va san’at sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimoti davomida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2026-yilda spektakl Dubay operasi, Venadagi Musikverein, Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatri hamda Versal saroyi Qirollik operasi sahnalarida namoyish etilgan.

Operaga italiyalik rejissyor Stefano Poda sahnalashtirish ishlari bilan rahbarlik qilgan. Georg Fridrix Gendel musiqasi bastakor Kirill Rixter talqinida, o‘zbek milliy cholg‘u asboblari ishtirokida ijro etilgan. Loyihada O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, xor, xalq cholg‘ulari orkestri va taniqli solistlar qatnashgan.

Taqdimotda ta’kidlanishicha, asarni “Karnegi-xoll” sahnasida namoyish etish o‘zbek opera san’ati va milliy ijrochilik maktabini xalqaro auditoriyaga kengroq tanishtirishga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling