“Tikuvchini unutdim, qidirib noyob matolarni”. Qarz yangi trekni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 25
“Tikuvchini unutdim, qidirib noyob matolarni”. Qarz yangi trekni taqdim etdi

Reper Qarz yangi trek va unga ishlangan klipni e’lon qildi. Tarona “Uz'rrr 2” deb nomlangan.

Klipda reper bosh oshpaz obrazini gavdalantirgan. U yuziga temir niqob taqib olgan mehmonlar oldida va oshxonada rep o‘qiydi.

Trek matnida afsonaviy bastakor Vivaldi, skripka ustasi Stradivaridan tortib, bloger Teacher A’zamgacha eslab o‘tilgan.

Klipni rejissyor Damir Tkachyov suratga olgan. U YouTube’da bir sutka ichida 10 ming martadan ortiq tomosha qilingan.

Hammaning “qarz”i bor. “Faktotum” qanday albom?

Bir necha kun oldin, aniqrogʻi, 17-oktyabr kuni “Qarz” nomi ostida ijod qiluvchi hip hop ijrochisi oʻzining birinchi albomi – “Faktotum”ni e’lon qildi. Afisha.uz muharriri albomni tingladi va ijodkorning oʻzi bilan suhbatlashdi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling