O‘zbekistonda vazir stipendiyasi ta’sis etildi. Iqtidorli talabalar 2 mln so‘mgacha stipendiya olishi mumkin

E’lon qilingan sana· 645
O‘zbekistonda vazir stipendiyasi ta’sis etildi. Iqtidorli talabalar 2 mln so‘mgacha stipendiya olishi mumkin

2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

Ma‘lum bo‘lishicha, to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravari miqdorida (990 ming so‘m), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravari miqdorida (1 mln 980 ming so‘m) stipendiyalar tayinlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling