Matonatli Maryam
- 12+
Tavsif
Asli Xorazmda tug‘ilgan Maryamxon Sultonmurodovaning otasi “Yosh xivaliklar” harakatining yo‘lboshchilaridan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, u Xorazm Xalq Respublikasining muvaqqat rahbari Jumaniyoz Sultonmurodova ta’sirida taraqqiyparvarlik g‘oyalari ta’sirida kamolga yetgandi. Shu sababli hamxonadoni, mahallasi, umuman tevarak atrofdagi to‘siqlarga qaramay Germaniyaga borib o‘qishga intilgan Maryamxon Sultonmurodovaning taqdirida turli o‘zgarishlar, fojeali voqealar girdobi aylana boshlaydi. Tobora uning taqdiri qil ustida qola boshlaydi. Ammo shu holda ham barcha to‘siqlarga o‘zining matonati bilan qarshi kurashadi. Maryamxon Sultonmurodovaning atrofida qora kunlar tobora tomir ota boshlaydi. Uni sindirishga kirishgan tizim va tizim odamlari Maryamxonimni sindirolmaydi.
Film sharhi
Kinokartina 1920-yillarda Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan Maryam Sultonmurodovaning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.
