Film

Onlayn sevgi

Chiptalarni xarid qilish
Janr
melodrama
Mamlakat
O`zbekiston
Vaqt
75 daqiqa / 1 s. 15 daqiqa
Yosh
  • 16+
Rejissyor
Akbar Insopov
Aktyorlar
Said Muxtorov, Durdona Qurbonova, Bekzod Abdumalikov, Nigora Karimboyeva, Tamara Xazratqulova

Tavsif

Virtual munosabatlar, ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlik chinakam munosabatlar o‘rnini aslo bosa olmaydi. Biroq ushbu filmimiz qahramoni Habiba bunday fikrda emas. Ijtimoiy tarmoqlardagi hayot bu qiz uchun haqiqiysidan farq qilmaydi. U bloger, sho‘x-shaddod va xayoliga kelgan ishni qilishga o‘rganib qolgan erkatoy qiz. Universitet talabasi. Ikkinchi qahramonimiz esa Habibaning kursdoshi Fayoz bo‘lib, u ota-onasiga mehribon, o‘z kuchi va bilimi bilan muvaffaqiyatlarga erishishni maqsad qilgan yigit. Fayoz zimdan Habibani sevib qolishi bilan qahramonlarimiz hayotida kutilmagan sarguzashtlar boshlanib ketadi. Fayoz o‘z sevgisiga erishish yo‘lida har qanday mashaqqatni yengib o‘tishga jazm qilgan bo‘lsa, Habiba muhabbatni o‘yin bilib shunga yarasha o‘yinqaroq munosabatda bo‘ladi. Hatto muhabbat ko‘yida har narsaga tayyor Fayoz uchun antiqa o‘yin boshlaydi. Qanday o‘yin deysizmi? Keling, yaxshisi, buni filmni ko‘rganda bilib olasiz.

Mavsumlar

Ko‘proq ko‘rish