$5500ga "Yangi Oʻzbekiston" pannosi sotilmoqda

E’lon qilingan sana· 61
$5500ga "Yangi Oʻzbekiston" pannosi sotilmoqda

“Denisov” art-studiyasi “Yangi Oʻzbekiston” nomli pannoni taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, u bronza, oltin, kumush, sir (emal), xrizolit, topaz, yoqut, firuza, qoraqayindan tayyorlangan.

Panno narxi — $5500 etib belgilangan. Uning ichiga Olmaotadan Toshkentgacha boʻlgan yetkazib berish boʻyicha xarajatlar ham kiritilgan.

“Denisov” 1998-yildan beri faoliyat yurituvchi studiya.

“Denisov — lyuks materiallardan eksklyuziv qimmatbaho mahsulotlarni yaratadigan brend. Ustalarimizning har bir ishi beqiyos, betakror, mukammaldir.

Denisov qimmatbaho sovgʻa emas, zargarlik buyumlari emas, hatto hunarmandchilik yoki badiiy fikrning choʻqqisi ham emas. Asarlarning qiymati moddiy dunyodan ancha yuqori", — deb yozadi studiya.

Studiya shourumi Qozogʻistonning Olmaota shahrida joylashgan.