Jungle Family restoranida kichik yoshdagi bolalar uchun katta quvonch

Toshkentdagi bolalar uchun ko‘ngilochar joylar industriyasi attraksionlar, parklar va savdo markazlaridagi o‘yin maydonchalariga yo‘naltirilgan. Faol dam olish bolalarga ham, ularning ota-onalariga ham yoqadi. Cheksiz tunnellarda, attraksionlarda va sharli hovuzlarda siz bir necha soat davomida bolangizni o’yin bilan mashg’ul qilishingiz mumkin. Chunki bunday joylar doimo qiziqarli, shovqinli va o’zi o’ynay oladigan ko’plab tengdoshlari bilan gavjum.
Poytaxtdagi ko’plab restoranlar allaqachon bolalar bilan keladigan mehmonlarni qo’llab-quvvatlashmoqda va birgalikda vaqt o’tkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib kelishmoqda. Odatda bu stollar va bo’yaladigan rasmlardan iborat joylar bo’ladi, ba’zilarida esa ota-onalar o’zlari dam olishlari uchun enagasi bor alohida o’yin xonalari mavjud. Biroq, restoratorlar bu bilan to’xtab qolishmagan va to’liq o’yin maydonchalari, tematik bezaklari bor alohida oilaviy restoranlar yaratishmoqda.
Bugungi maqolamizning diqqat markazida Yunusobod shahrining 12-kvartalida joylashgan Jungle Family Club bo’ladi. Muassasa bir yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritmoqda va Instagram`dagi repostlarga ko’ra, u juda mashhur. Bu yerda siz tug’ilgan kunlarni o’tkazishingiz mumkin — buyurtmaga ko’ra ular hatto “candy bar” ham tashkil qilishadi, dam olish kunlari kelib, faqat yoqimli muhitda kechki ovqat qilish uchun ajoyib joy.
Restoranning asosiy xususiyatlari — katta oyna tortilgan o’yin maydonchasi va zallardagi turli tematik muhit. Restoranning ichiga kiraverishda sizni dinozavrlar kutib olishadi, devorlarda katta hajmli yo’lbars, ayiq, jirafa, delfinlar va maydonchadagi shiftda o’rgimchak odam osilib turadi.
Asosiy zal bo’ylab yurib, kichik mehmonlar o’zlarini chakalakzorlar bilan o’ralgan haqiqiy tropik o’rmonlarda his qilishlari mumkin. Shiftning dizayni daraxtlarning yam-yashil shoxlarini eslatadi, devorlar katta hajmli barglar bilan bezatilgan va har bir burchakda yovvoyi hayvonlar tasviri bor — xuddi haqiqiy o’rmondagidek! Atmosferani yanada to’ldirish uchun zal oxirida sharshara tiklangan — u yerda ko’pikli suv va karp baliqlarini ko’rish mumkin.
Kichik zaldagi ichida tirik baliqlar suzib yurgan akvariumlar vizual ravishda dengiz mavzusini tasvirlaydigan qilib yaratilgan. Suv osti dunyosi muhiti gavdalantirilgan zalda yorug’lik biroz susaytirilgan, fonda esa katta delfinlar, skatlar, marjonlarni ko’rish mumkin. Bu yerda o’tirib siz o’yin maydonchasida o’ynayotgan bolalaringizni deyarli ko’rmaysiz va agar siz bolangizni kuzatib o’tirishni xohlashangiz, unda asosiy zalni tanlaganingiz ma’qul. Yoki bu yerda biroz kattaroq yoshdagi farzandlaringiz bilan joylashibm qiziqarli muhitdan bahramand bo’lishingiz mumkin.
Bayramga animatorlarni taklif qilish orqali siz o’z yaqinlaringiz bilan yolg’iz dam olishingiz mumkin. Restoranda “Kosmik xona” mavjud bo’lib, bu yerda mehmonlar uchun lentali shou uyushtiriladi, siz bu xonada sevimli musiqalaringizni qo’yib, shovqin qilib, o’zlaringiz xohlagancha zavq olishingiz mumkin.
Bolalar va ularning ota-onalari birgalikda vaqtni yaxshi o’tkazishlari uchun restoranda bir nechta havo namlagichlari o’rnatilgan. Namlangan shilliq qavat tufayli viruslar va bakteriyalar tanaga deyarli kirmaydi, shuning uchun siz bu yerda farzandingizning sog’lig’i va uning keyingi farovonligi haqida tashvishlanmasangiz ham bo’ladi. Darvoqe, hojatxonalarda ona va bola uchun xona ham tashkillashtirilgan, unitazlarda bolalar uchun o’rindiqlarini ham o’rnatilgan.
O’yin maydonchasida (2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan) bolalarga enagalar qarashadi. Ular belanchakni ushlab, kichkina bolalarga arg’imchoqqa ko’tarilishga yordam berishlari mumkin. Ko’ngilochar dasturlar orasida qoyaga chiqish devori, arg’imchoqlar va belanchaklar, quruq hovuz va tunnellarni ham mavjud. Agar bola dam hordiq chiqargan holda vaqt o’tkazadigan kayfiyatda bo’lsa, u doskalar, oshxona idish-tovoqlari bilan o’ynashi yoki mashina haydashi mumkin. Bitta bolaning o‘yin maydonchasiga kirishi uchun 50 000 so‘m to‘lov qilish kerak bo’ladi, vaqt esa cheklanmagan. Qo’shimcah — bolalar juda xursand bo’lishadi va paypoqlar esa toza holida qoladi. Yana bir muhim qo’shimcha — maydonchaga kiraverishda bir marta ishlatiladigan stakanlari bor kuler ham mavjud.
Buyurtma berishni kirishganimizda, biz kattalar va bolalar uchun taomlarni o’z ichiga olgan katta tanlov mavjud ekanligiga e’tibor qaratdik — menyuda bolalar uchun izohli menyu ham bor. Go’sht va pishloqli taomlar, maxsus salatlar, sho’rvalar, pasta, tovuq, baliq, steyk, shashlik, pitsa, rollar va “wok lag’mon"lari menyuning bir necha sahifalarini egallaydi va siz bolangizning och qolmasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Biz qovurilgan mol go‘shti va mangoli salat (80 000 so‘m), ko‘pchilik bolalar sevadigan Gavayi pitsasi (75 000 so‘m), kartoshkali “fish-and-chips” (90 000 so‘m), qaymoqli sousda pishirilgan tovuqli alfredo (65 000 so‘m), kartoshka-fri (25 000 so‘m) va tarxun (65 000 so‘m) buyurtma qildik.
10 daqiqadan kamroq vaqt ichida ichimlik va salat, birozdan keyin esa kartoshka-fri taqdim etildi. Taomning o’lchami dastlab biroz ajablantirdi, u juda katta ko’rinadi… toki uni tatib ko’rmaguningizcha. Salat shirin sous bilan bezatilgan, ofitsiant aytganidek, yangi mango o’rniga konservalangan meva bilan bezatilgan. Mol go’shti quruq va soussiz edi. Kartoshka-fri ketchup va mayonez bilan tortildi.
Tarxun o’rtacha gazlangan edi, bu bizga yoqdi. Bizning iltimosimiz bo’yicha u muz solinmagan holda. Gavayi pitssasi o’rtacha suvli, pastki qismi qarsildoq va chekkalari esa yumshoqqina edi.
Oshpazlar asosiy taomlar dizayniga fantaziya bilan yondashishgan — alfredo pastasi va “fish-and-chips"ga tanovul qilinmaydigan gullar qo’shilgan. Papardelleli alfredo o’rtacha darajada sho’r, unda yetarli tovuq bor edi, lekin uni qo’ziqorinsiz tortishni. “Fish-and-chips” forel balig’idan tayyorlanadi. Kartoshka biroz quruq edi, baliqning esa tuzi kam edi — yaxshisi, uni sousga botirgan holda iste’mol qiling, undan ham yaxshirog’i — qo’shimcha sous buyurtma qiling.
Asosiy taomlarning porsiya o’lchamlari katta edi. Unga kattalar ham, bolalar ham to’yishi mumkin.
Bu joy bolalar uchun bo’lishiga qaramay, bu yerda siz bir-biringizni juda yaxshi, qulay va xotirjam his qilishingiz mumkin. Oyna ortida bolalarni kuzatib o’tirish mumkin, siz enagalar ularga qanday ehtiyotkorlik va sezgirlik bilan qarashayotganini ko’rishingiz mumkin, o’yin maydonchasida esa ortiqcha shovqin ham yo’q.
Ikki nafar kattalar yoshdagi inson va ikki nafar bola uchun to‘lov, 20% xizmat haqi va maydoncha o’ynash uchun to’lov bilan birga, 600 000 so‘mni tashkil etdi. Bolalar maydonchasi uchun xizmat haqi ham hisobga kiritiladi.
