Dushanba kunlari bo'lib o'tadigan kechki bazmlar yoki Panaram’s retorani haqida

E’lon qilingan sana· 474
Dushanba kunlari bo'lib o'tadigan kechki bazmlar yoki Panaram’s retorani haqida

Bu yerda haftaning qaysi kuni bo'lishidan qat'iy nazar, shovqinli va qiziqarli hamda menyu shu qadar kengki, u har qanday mehmon uchun mos keladi.

Faqat hafta oxirida dam olish mumkin bo’lgan vaqtlar allaqachon o’tib ketdi. Hozirda bayramni shovqin-suron bilan nishonlash uchun ko’p narsa kerak emas: poytaxtdagi bir qator muassasalarning taqvimlaridan qat’iy nazar, istalgan vaqtda ziyofatlar uyushtirishish mumkin.

Shunday oqshomlarning birida biz Yevropa va Pan-Osiyo taomlarini taklif qiluvchi Panaram’s restoraniga borishga qaror qildik. Bu yerda hafta kunidan qat’i nazar, doimo baland tovush hukmronlik qiladi va bu yer juda qiziqarli. Kechalar odatda mehmon xonandalarning jonli ijrosi bilan boshlanadi. Keyinchalik u DJ musiqasi va raqslarga ulanib ketadi. Suhbatlashish va so’nggi yangiliklarni muhokama qilishni reja qilgan bo’lsangiz, yakkaxon ijrochilarning yoqimli qo’shiqlari ostida bu ish bermaydi — musiqa baland va u sizni raqsga tushishga tayyorlaydi.

Zal mohirona tarzda bezatilgan va oltinrang kolonnalar bilan zonalarga ajratilgan. Siz charm kreslolarda ham, velyur matoli divanlarda ham o’tirishingiz mumkin. Ichki qismi juda rang-barang. Raqs maydonchasi kichkina, lekin raqsga tushishni xohlaganlar stollar atrofida ham buni uddalashi mumkin.

Bayramga turli xil ta’bga ega mehmonlar kelishi sababli, menyuda har qanday xohish-istaklarni qondirish uchun taomlar va ichimliklar mavjud. Tushunarli bo’lishi uchun, aytib o’tish joizki, bu yerda siz ismaloqqa o’ralgan, losos balig’idan tayyorlangan umamini, fermadan kelgan mol go’shti, shuningdek, barbekyu sousli qo’zichoqqa ham buyurtma berishingiz mumkin. Grilda pishirilgan taomlar, dengiz mahsulotlari, rollar va mehmonlar uchun besh kishilik maxsus taomlar ham taklif etiladi.

Ushbu oqshom biz yengil ovqat istab, qovurilgan lososli miks salat (65 000 so‘m) hamda qovurilgan pomidorli brusketta va rostbif salatga (75 000 so‘m) buyurtma berdik. Issiq taom sifatida o‘rdakli magreni (132 000 so‘m) tanladik.

Yozning issiq oqshomi (tahr. — muallif restoranga yoz faslida tashrif buyurgan) ichimliksiz o’tmaydi, shuning uchun ays-ti (45 000 so’m) va suv (25 000 so’m) buyurtirdik. Ofitsiant porsiyalar haqida ma’lumot bermadi va shunchaki bir litr limonad solingan grafin, shuningdek, 0,7 litrlik idishda suv olib keladi. Ko’pchilik bo’lib tashrif buyurgan bo’lsangiz yoki muassasada bir soatdan ko’proq vaqt sarflamoqchi bo’lsangiz, bu juda qulay. Ovqatlanish paytida biz oq tarelkaning eskirganini payqadik, uni yangilariga almashtirishsa yaxshi bo’lardi: axir, bu restoranku.

Asta-sekin zal to’la boshlaganiga qaramay, buyurtmalar tezda keltirildi. Stolda birinchi paydo bo’lgan narsa salat edi, bir-ikki daqiqadan so’ng bruskettalar ham tortildi.

Qovurilgan lososli salat kunjut moyining xushbo’yligi bilan o’ziga tortadi. Ko’katlar va cherri pomidori osiyocha uslubda bezatilgan holda tortildi. Losos tashqi tomondan ozgina ko’proq qovurib yuborilgan, lekin ichida shiraliligi va o’ziga xos xususiyatlari saqlanib qolingan. Salatni bir pasda paqqos tushurasiz va hech qanday og’irlik his qilmaysiz.

Bruskettali rostbif to’rt bo’lak yangi chiabattadan iborat bo’lib, ta’mi neytral, sousi ta’imga ko’ra mayonezni eslatadi. Go’shtni ayashmagan — porsiyalari juda to’yimli va ishtahani ochadi.

O’rdakli magre sharobli sous, rezavorlar va olmali pyure bilan dasturxonga tortildi. File juda mazali, yumshoq, tashqi tomondan qarsildoq, ichi esa pushti. Shirin va nordon sous go’shtga ta’m qo’shadi, qonning ta’mini ta’kidlaydi. Xom go’shtni sevuvchilar bu taomni tatib xursand bo’lishadi.

Ikki kishilik hisob, shu jumladan 20% xizmat haqi bilan birga: 410 400 so’m.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ