Estetik fotosuratlar uchun yangi joy yoki "Benedict" kafesi haqida sharh

E’lon qilingan sana· 832
Estetik fotosuratlar uchun yangi joy yoki "Benedict" kafesi haqida sharh

Yangi kafe ochilishi tarmoqda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Yorqin, inglizcha qahvaxona ruhidagi interyer Instagram akkauntlarini to’ldirib tashladi. Tabiiy materiallar va tabiiy ranglar estetik fotosuratlar uchun ajoyib fon bo’lib xizmat qiladi va yangi tashrif buyuruvchilar orasida yanada ko’proq qiziqish uyg’otadi.

Bu yerda zal bezatishga alohida yondashishadi — har bir muhim voqea uchun o’sha bayram muhitini aniq yetkazib bera oladigan yangi elementlar qo’shiladi. Shuning uchun fevral oyida yangi yil bezaklari o’rnini qirmizi gullar, uchib yurgan kapalaklar tasviri va qizil yuraklar egalladi.

Kunduzi muassasa katta shahar aholisiga moslashadi, kechqurun esa pianino hamohangligida yolg’iz o’tiradigan joyga aylanadi. Shuningdek, ular kichik mehmonlarni kutib olishga ham tayyor — kafe yopiq o’yin maydoni va maxsus taomlarni taqdim etadi.

Hostes mehmonlarni kiraverishda kutib oladi, ularni stolga kuzatib boradi va ovqatdan oldin qo’llaringizni yuvib olishingiz uchun ho’l sochiq beradi. Hammasi maromida… faqat xizmat ko’rsatish qismigacha.

Mehmonlarni kutish davomida, buyurtmalar ro’yxatiga birinchi bo’lib tushgan narsa qahva bo’ldi, ushbu buyurtmani hostes qabul qildi. Shu joyida ular meni 15 daqiqaga unutib qo’yishdi — shuncha vaqtdan keyin ofitsiant ovqatga buyurtma berish niyatim bor-yo'qligini so’ramasdan qahva olib keldi. Zalning yarim bo‘shligidan xodimlar ish bilan band bo’lib ham ko’rinmayotgan edi.

Nonushtalarni soat 08:00 dan 16:00 gacha, salatlar va asosiy taomlar esa 12:00 dan boshlab tortiladi — jigarrang charm bilan qoplangan menyuda shunday yozilgan edi. Asosiy taomlardan tashqari, “Benedict"da bolalar menyusi va kecha uchun keng ko’lamli ichimliklar mavjud.

Buyurtma uchun taomlarni tanlagach, bizga pishirish uchun 20 daqiqa vaqt ketishini aytishdi. Keyinroq bu vaqt 40 daqiqagacha cho’zildi. Kechki dasturxonni quyidagi taomlar bezadi: losos va avakadoli brusketta (88 000 so’m), tovuqli Alfredo (88 000 so’m), tomat sousli mitbollar [meatball] (115 000 so’m).

Yarim soat o’tgach, biz hamkasbimiz buyurtirilgan brusketta va pastani olib kelishdi. Mitbollarni yana 10 daqiqadan so’ng, eslatganimdan keyin olib kelishdi. Gazaklar asosiy taomlardan oldin tortilganida, shubhasiz, bu taassurotni yanada yaxshiroq qilgan bo’lar edi.

Brusketta yarim pishirilgan non, tvorogli pishloq, rukkola, dudlangan sovuq losos va avokado (ta'mga asosiy urg’u beradi) bilan tortiladi.

Pasta juda totli ko’rindi: yaltiroq sous, tovuq go’shti va qo’ziqorin solingan. Darvoqe, tovuq go’shti quruq bo’lib chiqdi va fettuchini esa yaxshi pishmagan.

Mitboll yakuniy akkord vazifasini o’tadi, taomning ko’rinishi uning ta’mi bilan uyg’un edi. Ular butunlay quruq bo’lib, ta’mni his qilishga yo’l qo’ymaydigan darajada achchiq edi. Ofitsiantdan taom tayyorlash me’yorlari haqida so’raganimda, ularning muassasasida mitboll aynan shunday quruq bo’lishini bilib oldim. Ushbu elementning sifatini hisobga olsak, uning narxi mutlaqo asossizdir.

Agar siz yolg’iz ovqatlanishni afzal ko’rsangiz, bu joy aynan siz uchun. Ofitsiantlar sizni hammasi yaxshimi deb unchalik bezovta qilmaydi, chalg’itmaydi va buyurtmaga qo’shimcha qilish kerak yoki kerak emasligini taklif qilmaydi. Aloqa minimal darajada bo’ladi.

Ehtimol, bu yerda yoqimli muhitda bo’lish uchun xizmat ko’rsatish va oshxonadagi kamchiliklarga ko’z yumgan holda, shunchaki qahva ichish uchun to’xtash mumkindir. Bu maqsad uchun bu joy yaxshi.

Qahva va 10% xizmat haqini hisobga olgan holda hisob 386 100 so‘mni tashkil qildi.

Vika Chmikhalova
Muallif va fotosuratchi
Vika Chmikhalova
Benedict
    Нукус ko‘ch., 31/2, Mirobod tumani
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ