Toshkentda AB GROUP restoran holdingi "Mazzali" loyihasini ishga tushirdi

E’lon qilingan sana· 1 633
Toshkentda AB GROUP restoran holdingi "Mazzali" loyihasini ishga tushirdi

Bu xuddi uyda pishirilgandek tayyor taomlarni qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin bo'lgan savdo nuqtalari tarmog'idir. Shahar servislarida yetkazib berish xizmati ham mavjud.

Hayotning zamonaviy ritmi har doim ham to’liq tushlik yoki kechki ovqat tayyorlash uchun yetarli vaqt ajratishga imkon bermaydi. Biroq, shunga qaramay mazali va sog’lom ovqatlanishni xohlovchilar yo’q emas. Shuning uchun oshpazlik do’konidagi tayyor ovqatlar so’nggi paytlarda juda mashhur yechimga aylandi. “Mazzali” — bu uyda pishirilgandek mazali taomlarni taklif qiladigan loyihalardan biri.

“Mazzali” turli xil ovqatlarning keng assortimentini taklif etadi. Har bir taom faqat sara va yuqori sifatli mahsulotlardan Total Fresh texnologiyasidan foydalangan holda tayyorlanadi, bu esa maxsus muhrlangan paketlarda barcha foydali xususiyatlarni saqlab qolishga yordam beradi.

“Mazzali"dan tayyor taomlarni xarid qilib, vaqt va kuchingizni tejaysiz. Ovqat pishirishga vaqt sarflamasdan lazzatli taomlardan bahramand bo‘lishingiz, agar ish yoki o‘qish bilan band bo‘lsangiz, ovqat izlab o‘tirmasdan tezda issiq ovqat yeyishingiz mumkin. Ularni brendning Toshkentdagi 4 ta do’konida yoki yetkazib berish xizmatlaridan foydalangan holda xarid qilishingiz mumkin.

“Mazzali” loyihasining jamoasi iste’molchilar haqida qayg’uradi. Shuning uchun ta’mga bo’lgan afzalliklar va parhez cheklovlaridan qat’i nazar, barchaga mos keladigan taomlarni taklif qiladi.

Har kim uchun mazali yechim

“Mazzali"da har kim o‘ziga yoqqan yegulikni topa olishi mumkin. Assortimentda o‘zbek, yevropa, pan-osiyo oshxonalari taomlaridan tortib, shirinlik va tvorogli blinchiklargacha katta tanlov mavjud. Shuningdek, “Mazzali” kulinariya do’konlarida o’z ovqatlanish tartibini nazorat qiladigan odamlar uchun taomlar ham mavjud: masalan yengil salatlar va sho’rvalar.

Agar ko’chada qorningiz ochib qolsa, unda “Mazzali” sizga sog’lom va mazali tamaddi qilishingiz uchun ajoyib yechim bo’ladi.

Ish joyida tushlik — bu alohida masala. Agar siz uy ovqatini xohlasangiz, “Mazzali” yordamga keladi. Foydali va to’yimli tushlik sizga yangi yutuqlar uchun kuch va quvvat olishga ko’maklashadi.

“Mazzali” uy bekalari uchun ham ajoyib yordamchi bo’lishi mumkin: butun oila uchun to’yimli kechki ovqat pishirishga vaqtingiz bo’lmasa, yoki birdan mehmonlar kelib qolsa — dasturxoningiz uchun ayni muddao.

Ish kunida tushlik qilish uchun, piknikda yoki sport mashg’ulotidan keyin: “Mazzali” har kun uchun oddiy va lazzatli yechimdir.

“Mazzali” mahsulotlariga Express24, Uzum Tezkor va Yandex.Food yetkazib berish xizmatlari orqali buyurtma berish mumkin.

Telefon: (+998) 97−000−5222.

Loyiha yangiliklarini Instagramda @mazzali_uzbekistan yoki Telegramda t.me/mazzali_uzbekistan kuzatib borishingiz mumkin.

“Mazzali” savdo nuqtalarining manzillari:

  • Shimoliy vokzal — Mirobod tumani, Tong yulduzi ko’chasi;
  • Mazzali kafesi — Mirobod tumani, Shota Rustaveli ko’chasi, 13A;
  • Ekobozor — Timur Malik ko’chasi, 3A Buyuk Ipak Yo’li.

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ