Toshkentda boshpanasiz hayvonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kuchuk&Mushuk” loyihasi ishga tushirildi

E’lon qilingan sana· 495
Toshkentda boshpanasiz hayvonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kuchuk&Mushuk” loyihasi ishga tushirildi

Komiks formatdagi ijtimoiy loyiha Kuchuk ismli koʻcha iti va hovli mushugi Mushuk haqida hikoya qiladi, ular hayotdagi qiyinchiliklarga qaramay, insoniy mehr-oqibatga ishonchini saqlab qolgan. Golden Minds agentligi dizaynerlari tomonidan yaratilgan tasvirlangan hikoyalar turkumi qahramonlarning tanishligi va har birining hayoti haqida hikoya qiladi.

Loyiha uysiz hayvonlar muammolariga e’tiborni qaratish va ularga nisabatan munosabatni yaxshilashga qaratilgan. “Kuchuk va Mushuk” mamlakatning har bir aholisiga tanish qahramonlardir. Bular qariyb har bir hovli va mahallada, qurilish obyektlari va korxonalarda yashaydigan it va mushuklardir. G‘amxo‘rlik, mehr-oqibat o‘zbek xalqiga azaldan xos xususiyat bo‘lib kelgan. Kuchuk va Mushuk bilan birgalikda biz bu fazilatlarning hayvonlar bilan muomala qilish madaniyatining bir qismiga aylanishini istaymiz" — ta’kidlashadi loyiha mualliflari. Rejaga koʻra, loyiha sahifasi ikki maftunkor qahramon haqidagi yangi hikoyalar bilan muntazam yangilanadi.

Ayniqsa, loyihani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15-yanvar kuni “ЧайКоф” qahvaxonalar tarmog‘i “Добро в каждой чашке” (“Har bir piyolada yaxshilik”) aksiyasini boshladi. Ishtirok etish uchun maxsus mavzuli stakanda kofe xarid qilish, QR kodni skanerlash va istalgan miqdorni “Hayot” itlar boshpanasi yoki “Mushukkent” loyihasi foydasiga o‘tkazish kifoya.

Aksiyaning birinchi haftasida jami 5 million so‘mdan ortiq pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Qabul qilingan mablagʻlar boʻyicha hisobotlarni hamkorlarning rasmiy sahifalarida koʻrish mumkin. Aksiya fevral oyining o‘rtalariga qadar davom etadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ