Antikafe nima va odamlar u yerga nima uchun boradi?

E’lon qilingan sana· 604
Antikafe nima va odamlar u yerga nima uchun boradi?

Poytaxtda do‘stlar davrasida stol o‘yinlarini oʻynashi mumkin bo‘lgan yana bir qiziqarli joy paydo bo‘ldi.

Antikafe — dunyoning turli mamlakatlarida mashhur bo‘lib borayotgan 21-asr kashfiyoti. Shu sababli Afisha.uz antikafe nima ekani haqida batafsil maqola tayyorladi.

Ta’kidlash joizki, bunday joy Toshkent uchun yangilik emas — u birinchi marta 10 yillar oldin paydo bo‘lgan va tezda yopilgandi, bunday kafelar so‘nggi bir yilda mashhur bo‘lib bormoqda.

Antikafe — bu muassasaning gʻayrioddiy formati boʻlib, tashrif buyuruvchilar buyurtma qilingan taomlar va ichimliklar uchun emas, balki u joyda oʻtkazgan vaqt uchun to‘laydi. Shuning uchun ular ba’zan “erkin joy” deb ataladi. Bu joydagi mashg‘ulotlar butunlay boshqacha boʻlishi mumkin: stol yoki video oʻyinlari, she’riy chiqishlar, psixologik kurslar yoki mini-kontsertlar, shuningdek, mahorat darslari. Yoki oddiygina noutbuk bilan kelib, uydagi vaziyat bunga mos kelmasa, ishlashingiz mumkin. Bularning barchasi bunday joylarni yoshlar orasida juda mashhur qiladi.


“Дом под деревом” antikafesi

“Pay-what-you-can"kontseptsiyasi birinchi marta 2003-yilda Solt-Leyk-Siti shahrida sinovdan oʻtkazilgan, biroq u 2010-yilda rus yozuvchisi Ivan Mitin tomonidan toʻliq amalga oshirilgan. Aynan oʻsha paytda u Moskvada gʻayrioddiy toʻlov formati bilan kafe ochdi: tashrif buyuruvchilar oʻzlari xohlagan va / yoki hozirda to‘lay oladigan qismini toʻlashdi. “Дом под деревом” tezda mashhurlikka erishdi, natijada bu safar kattaroq boshqa kafe ochishga qaror qilindi.

Muallif aniq toʻlov tizimini ishlab chiqdi: bir daqiqa — bir rubl. Shunday qilib, 2011-yil kuzida “Циферблат” muassasasi paydo boʻldi. Yana ozroq vaqt o‘tib, aniqrog‘i, 2012-yilda antikafe atamasi paydo bo‘ldi. Xuddi shu yili ularning keng miqyosda tarqatilishi boshlandi, shuning uchun bugungi kunda ochilgan antikafelar soni bir necha yuzdan oshadi. Ular ham MDH mamlakatlari, ham Yevropa, AQSh va Kanada shaharlarida ochilib ulgurgan.

Bunday muassasalar odatda bitta katta zal yoki bir nechta alohida xonalardan iborat boʻlib, ularda tashrif buyuruvchilar oʻz ishini qilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yeguliklar uchun alohida xonalar boʻlishi mumkin: u yerda siz choy va shirinliklar sotib olishingiz mumkin.


“Циферблат” antikafesi

Endi ijobiy va salbiy tomonlari haqida gapirish vaqti yetdi. Demak, birinchidan, bu haqiqatan ham erkin zona: ofitsiantlar, dress kod, odatiy kafe va restoranlarning muayyan me’yorlari va tartiblari yo‘qligi tashrif buyuruvchilar imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Siz kompyuter, kitob bilan kelishingiz, shovqinli guruhda toʻplanishingiz yoki xohlaganingizcha yolgʻiz oʻtirishingiz mumkin. Wi-Fi aksariyat hollarda bepul bo‘ladi.

Navbat ovqatlarga. Bunday muassasalar mantigʻiga koʻra, siz u yerga dam olish, ko‘ngil yozish uchun, bir soʻz bilan aytganda, ovqat asosiy maqsad bo‘lmagan holda xohlaganingizni qilish uchun kelasiz. Bunga minus sifatida qarash mumkin: siz oʻynayotgan, film tomosha qilayotgan yoki ishlayotgan vaqtingizda biror narsa (masalan, gazaklar) yeb o‘tirolmaysiz. Antikafelar ko‘pincha bepul choy (odatda cheksiz miqdorda) va shirinliklar taklif qiladi: pechenye, keks yoki shirinliklarni ham sotib olsa bo‘ladi ba‘zi joylarda. Biroq, kafeda uzoq vaqt qolishni moʻljallayotgan boʻlsangiz, toʻliq ovqatlanib, qorinni toʻygʻiza olaman deb umid qilmang.


Toshkentdagi Bujoy antikafesi

Xoʻsh, yuqorida aytib oʻtganimizdek, bunday muassasalarning asosiy ajralib turadigan xususiyati vaqt — boshqacha qilib aytganda, xohlagancha oʻtirish imkoniyatidir. Ammo bu haqiqatdan ham shunchalik foydalimi?

Oddiy kafeda hech narsa buyurtma qilmasdan, ishlash yoki o‘yin o‘ynab o‘tirish mumkinmi? Yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, siz oʻrta segmentdagi istalgan oʻrtacha kafega noutbuk bilan ham kelishingiz mumkin va agar siz ovqatga buyurtma bersangiz, uzoq vaqt oʻtirib, oʻz ishingiz bilan shugʻullana olasiz. Bunday joylarda ko‘pincha Wi-Fi bo‘ladi. Unda ikkisining qanday farqi bor?


Toshkentdagi “Bujoy” antikafesi

Javob: aslida nima qilmoqchi ekaningizda. Masalan, antikafe ishlash nuqtai nazaridan deyarli har qanday tez tayyorlanadigan kafe bilan bir xil darajada: oddiy muassasada bitta toʻplam 55 ming soʻmga tushadi va unga buyurtma bergan odam noutbuk stolda bir necha soat oʻtirishi mumkin, to‘lov miqdori oʻzgarmaydi; Oʻzbekistonda antikafe narxi hozirda ovqat uchun qoʻshimcha xarajatlarni hisobga olmaganda soatiga 30 ming soʻm atrofida. Bunday holda antikafedagi bir necha soatning narxi biroz yuqoriroq yoki oddiy muassasaga deyarli teng boʻladi.

Kafega dam olish uchun bormoqchi boʻlganlar uchun vaziyat butunlay boshqacha bo‘ladi. Stol oʻyinlari, rolli yoki video oʻyinlar har qanday ovqatlanish joyida ham taqdim etiladigan xizmatlar emas. U yerda umuman boʻlmasligi yoki xodimlar sizdan mosroq joy topishingizni soʻrashi mumkin. Bu vaziyatda antikafega borib foydali boʻladi. Axir, hamma uyda ham stol o‘yinlari toʻplami yoki katta jamoa uchun boʻsh joy yo‘q. Stol oʻyinlari ega antikafelar keng assortimentni taklif qiladi, vaqt yoki kompaniya cheklovlari yoʻq. Shunday qilib, tashrif maqsadiga qarab, antikafelar, har qanday muassasa kabi, oʻzlarining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.

O‘zbekistondagi bunday muassasalarning yorqin misollaridan biri — bu “Bujoy” kafesi. U yaqinda ochilgan va uning asosiy yoʻnalishi stol oʻyinlari. U yerda qolish tashrif buyuruvchilarga soatiga 30 mingga tushadi, birinchi yarim soat yangi mehmonlarga bepul. Bu yerda stol o‘yinlarining keng assortimenti mavjud: juftlik o‘yinlaridan tortib katta guruhlar uchun to‘plamlargacha. Muassasa kunduzi soat 11 da ish boshlaydi va 23:00 gacha faoliyat yuritadi. Joylarni oldindan yoki o‘sha paytning o‘zida band qilish mumkin.

Antikafe ikkita kichik zaldan iborat. Xona juda qulay va 10 tagacha oʻrindiqqa ega. Shuningdek, bolalar uchun maydon, fotozona, bar va hojatxona mavjud. Turli xil choy turlari (miqdori cheklanmagan), idishlar va gazaklar bilan alohida stend bor. Bundan tashqari, muassasaning barida shirinliklar ham bor. Ularning narxi 15 000 so‘mdan 27 000 so‘mgacha. Shuningdek, uyingizga sotib olishingiz mumkin boʻlgan limonadlar va maxsus choy toʻplamlarini ham topasiz.

Ikki kishi uchun 1,5 soatli chek 120 mingni tashkil etadi, bunga quyidagilar kiradi: 25 000 soʻmlik ikkita pechenye va vaqt uchun toʻlov.

Snejana Samoylova
Muallif
Snejana Samoylova
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ