Toshkentda qayerlarda pitsa yeyish mumkin? Pitseriyalar, narxlar va manzillar

E’lon qilingan sana· 2 756
Toshkentda qayerlarda pitsa yeyish mumkin? Pitseriyalar, narxlar va manzillar

Toshkent shahri gastronomik jihatdan ham rivojlanib bormoqda. Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston poytaxtida koʻplab pitseriyalar ochildi. Ular orasida milliy brendlarni ham, jahonga mashhur kompaniyalarning franshizalarini ham uchratish mumkin.

Afisha.uz ushbu jamlanmada pitseriyalar, ulardagi boshlangʻich narxlar va manzillarini bir yerga toʻpladi.

“Apex pizza”

Ushbu petseriyada har xil turdagi pitsalarni topish mumkin. Bundan tashqari, bir kunda 24 soat davomida yetkazib berish xizmati ishlaydi. Pitsalarning narxi 75 000 soʻmdan boshlanadi.

Shuningdek, pitseriya noodatiy boʻlgan kolloboratsiyadagi pitsalarni ham taqdim etadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−202−2020.

Manzillar.

“Bella Napoli”

Ushbu pitseriyada eng arzon pitsa narxi 55 000 soʻm hisoblanadi. 230 000 soʻmga esa 6 kishi uchun moʻljallangan Grand pitsa taklif etiladi. Restoran, shuningdek, pasta, salatlar va mavsumiy menyular taqdim etadi.

Toshkent shahrida “Bella Napoli"ning ikkita filiali boʻlib, ular “Magic City” bogʻida va Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−253−9183.

“Bellissimo”

Oʻzbekistondagi mashhur pitsa brendlaridan biri boʻlgan “Belissimo"da boshlangʻich narx — 42 000 soʻm hisoblanadi. Bu narxga kichik margarita sotib olishingiz mumkin.

Restoran qazili pitsasi bilan ham maqtana oladi. Bundan tashqari har xil turdagi sneklar taklif etiladi.

Murojaat uchun call-center: 1174.

“Dodo Pizza”

“Dodo pizza"da har kuni 24 soat davomida bepul yetkazib berish xizmati ishlaydi. Eng arzon pitsa — margarita boʻlib, 50 000 soʻmga sotib olish mumkin.

Bundan tashqari, Pepperoni, “Joʻjacha Ranch” va restoranning maxsus “Dodo” nomli pitsasi mashhur hisoblanadi. “Dodo pizza"ning elektron ilovasi ham bor va unda ham buyurtmalar berish mumkin.

Murojaat uchun call-center: 1168.

“Moscow pizza”

Ushbu pitseriyadan kichik “Italyano” pitsasini 40 000 soʻmga sotib olish mumkin. Restoran koʻplab turdagi pitsalarni taqdim etadi. “Moscow”, “Xanter”, “Julyen”, “Meksikacha” shular jumlasidan.

Murojaat uchun telefon: (+998) 93−167−9999; (+998) 93−168−9999.

Restoranning uchta filiali bor. Bular:

“Papa John’s”

Amerika pitsa kompaniyasi yaqinda Oʻzbekistonga kirib keldi. Afisha.uz saytida ushbu pitseriyaga sharh ham yozilgan. Pitsalar narxi — 59 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−140−7272.

Manzillar.

“Roma pizza”

Ushbu pitseriyada har qanday didga mos boʻlgan pitsalardan tashqari tovuq qanotlari, brendli souslar va ichimliklarni ham topish mumkin. Toshkent shahrida “Roma pizza"ning 5 ta filiali mavjud. Pitsa narxlari 48 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−203−0505.

Manzil.

“Chopar pizza”

“Chopar pizza” har xil turdagi pitsalardan tashqari “Chopar Special” pitsasini ham taqdim etadi. Pitsalar narxi — 46 000 soʻmdan boshlanadi. Bepul yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−203−0505.

“Roni pizza”

“Roni pizza"ning Toshkentda uchta filiali mavjud. Ularda pitsa narxlari 59 000 soʻmdan boshlanadi. Restoran biznes-lanchlar, bolalar uchun alohida menyu bilan ajralib turadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−205−1111.

“Stuzzico”

Ushbu pitseriyada pitsa narxlari 35 000 soʻmdan boshlanadi. Restoranda turli xildagi pitsalarni, xususan, “Marinara”, “Fungi”, “Salsichcha”, “Milano”, “Buondjorno” shular jumlasidan.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−820−2202.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ