Toshkent balandlikdan: 2025-yilning eng yaxshi panoramali manzaraga ega restoranlari

Ba’zan siz nafaqat kechki ovqatni, balki bu oqshomni albatta eslab qolish uchun ba’zi maxsus taassurotlar qoʻshishni xohlaysiz. Agar oldinda muhim voqea boʻlsa-chi? Nafaqat siz, balki restoranning oʻzi ham yuqorida boʻlishi kerak! Biz siz uchun mazali taomlar hech kimni befarq qoldirmaydigan hayajonli panoramalar bilan uygʻunlashgan muassasalar tanlovini toʻpladik.
City21
Restoran nomining o‘zi ham hammasini aytib turibdi — u Hilton mehmonxonasining 21-qavatida joylashgan bo‘lib, u yerdan Tashkent City bog‘i yaqqol ko‘rinib turadi. Balandlik kechki ovqat muhitiga alohida bir ruh bag‘ishlaydi: oyoqlaringiz ostida shahar yastanib yotibdi, uzoqda chiroqlar miltirab turadi, siz esa Osiyo ziravorlari, taomlarning yoqimli tuzilishi va xushbo‘y hidlar uyg‘unligidan bahra olyapsiz.
Noyob gastronomik tajribadan tashqari, restoran nikoh taklifi uchun mos romantik muhitga ega.
O‘rtacha hisob: 600 000 so‘m.
Manzil: O‘qchi ko‘chasi
Telefon: (+998) 71−210−8906, (+998) 71−210−8888.
Ember & Embar
Restoran InterContinental Tashkent mehmonxonasining 17-qavatida joylashgan. Ember oshxonasi Osiyo an’analarini zamonaviy gastronomik yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashtira olgan. Fusion uslubi kutilmagan masalliqlar uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Embar — ochiq ayvonda joylashgan bar bo‘lib, klassik va maulliflik kokteyllari bilan manzur bo‘ladi. Menyu mavsumga qarab yangilanadi, barmen esa mehmonning kayfiyati va ta’biga qarab ichimlik tavsiya qilishi mumkin.
O‘rtacha hisob: 500 000 so‘m.
Manzil: Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy
Telefon: (+998) 55−504−4441.
Koinot
Koinot — poytaxtning eng mashhur joylaridan biri hisoblanib, uning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Restoran 110 metr balandlikda Toshkent teleminorasida joylashgan bo‘lib, bu yerdan shaharning maftunkor manzarasi ko‘rinib turadi. Bir soat ichida to‘liq aylanuvchi pol har bir tashrifga o‘ziga xoslik bag‘ishlab, yangi xotiralar yaratadi. Yillar davomida restoranning interyeri tez-tez yangilanib, tashrif buyuruvchilarga nostalgiya bilan uyg‘unlashgan yangicha taassurotlar tuhfa etib kelmoqda. Bu yerga qilinadigan har bir tashrif — bir vaqtning o‘zida ham qadrdon, ham yangi narsa bilan uchrashuvga o‘xshaydi. Qolaversa, bu joy har bir sayyoh uchun chinakam “must-have” maskandir.
O‘rtacha hisob: 400 000 so‘m.
Manzil: Amir Temur shohko‘chasi, 109-uy
Telefon: (+998) 71−202−3598, (+998) 99−898−1111
Köşebaşı Seoul Mun
Agar ko‘proq salqinlik xohlayotgan bo‘lsangiz — Seul ko‘chasi aynan siz uchun! Kechki payt bu yerda musiqa sadolar ostida favvoralar otila boshlaydi, shovullab oqayotgan suv esa havoni salqinlashtiradi.
Seoul Mun ko‘chasining ikki tomonida turli xil taomlar, shirinliklar va ichimliklar taklif etuvchi o‘nlab kafe va kichik restoranlar joylashgan. Ulardan biri — Ko‘şebaşı filiali bo‘lib, unda an’anaviy turk oshxonasi taomlari: kebablar, meze, pide va baklava kabi taomlar mavjud.
O‘rtacha hisob: 300 000 so‘m.
Manzil: Seul ko‘chasi, 7/2-uy, 3-qavat
Telefon: (+998) 77−276−7070.
Oko
Agar siz tropik muhitda vaqt o‘tkazishni istasangiz, “Oko” gastrobari sizni poytaxtning shimoliy qismiga qaragan 8-qavatda kutadi. Interyerning har bir unsuri — yashil o‘simliklardan tortib to to‘qilgan qandillargacha — zalga yengillik ruhini baxsh etadi va sizni tropik qit’a oshxonasiga mansub mualliflik taomlar olamiga sho‘ng‘ishga tayyorlaydi.
O‘rtacha hisob: 400 000 so‘m.
Manzil: Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 152/1-uy
Telefon: (+998) 95−111−2888.
Ribambelle
Oila davrasida shahar manzarasidan bahramand bo‘lib dam olish uchun Ribambelle restorani ayni muddao. Bu yerda sizni Tashkent Cityning musiqali favvoralari, chiroqlarning mayin nurlari va minglab yaltirab turgan uchqunlar bilan bezatilgan keng maydon namoyon bo‘ladigan yozgi ayvon kutmoqda. Restoranning ichida bolalar zonasi mavjud bo‘lib, u yerda animatorlar kichkintoylaringizga g‘amxo‘rlik qilishni o‘z zimmalariga oladilar.
O‘rtacha hisob: 370 000 so‘m.
Manzil: Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uy
Telefon: (+998) 78−113−6404
Sette Restaurant & Bar
Haqiqiy italyan restorani, O‘rta Yer dengizi oshxonasining an’anaviy taomlari, 7-qavatda joylashgan maftunkor panoramali ochiq ayvon — bularning barchasi uning nomiga ishora qiladi. Sette Restaurant & Bar har kuni soat 18:00 dan 02:00 gacha ishlaydi, shu sababli bu oila davrasidagi kechki ovqat, romantik oqshom yoki shaharning panoramik manzarasi orqali quyosh botishidan bahramand bo‘lish uchun ajoyib tanlov.
O‘rtacha chek: 400 000 so‘m.
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 1A
Telefon: (+998) 71−207−1372
