Chill in сhilla: Toshkentda suv boʻyida joylashgan 20 ta kafe va restoranlar

E’lon qilingan sana· 838
Chill in сhilla: Toshkentda suv boʻyida joylashgan 20 ta kafe va restoranlar

Toshkentdagi shahridagi ko‘l, kanal yoki hovuzlar bo‘yida joylashgan kafe va restoranlarda nafaqat ovqatlanish, balki issiqdan dam olish ham mumkin. Suv bo‘yidagi joylarning o‘ziga xos romantik muhiti, sokinlik va salqinlik ulashadigan atmosferasi bor.

Afisha.uz ushbu jamlanmada suv boʻyida joylashgan restoran va kafelar haqida ma’lumot beradi.


Atmosfera

Turk va Yevropa taomlarini taklif etadigan “Atmosfera” restorani Yunusobod tumanidagi Toshkentland bogʻida joylashgan. Ovqatlanish maskanining ish vaqti 11:00 dan 00:00 gacha hisoblanadi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 50−505−5155.

Manzil.


Arrows & Sparrows

Ilk bor BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan loyihaning Oʻzbekistondagi franshizasi Toshkent City’da joylashgan boʻlib, bu maskanda har xil turdagi, jumladan, vegeterian va Yevropa taomlarini topish mumkin.

Narxlar:

  • nonushtalar — 52 000−249 000 soʻm;
  • suyuq ovqatlar — 43 000−52 000 soʻm;
  • salatlar — 65 000−135 000 soʻm;
  • pastalar — 79 000−125 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola da tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−600−8811.

Manzil.


Al-Aziz

Bu kafega tashrif buyurgan mijozlar taklif etiladigan taomlardan tashqari jonli musiqa va favvoradan ham bahramand boʻlishi mumkin. Ish vaqti 23:00gacha davom etadi.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 71−235−7273; (+998) 71−235−0426.

Manzil.


Bellissimo (Tashkent City)

Bellissimo pitsalar tarmogʻining Tashkent City Mall hududida joylashgan filiali suv boʻyida joylashgan va yozda kerakli boʻlgan salqinlikni ta’minlashi mumkin.

Narxlar:

  • pitsalar — 39 000−104 000 soʻm;
  • bellister — 27 000−29 000 soʻm;
  • desertlar — 12 000−28 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon narxlari: 1174.

Manzil.


Hammersmith

Toshkent shahrida “Hammersmith"ning bir nechta filiali mavjud boʻlib, ularning ikkitasi suv boʻyida joylashgan. Navoiy koʻchasida joylashgan restoran ham, Muqimiy koʻchasida joylashgan restoran ham Anhor kanali yonidan oʻrin olgan.

Narxlar:

  • salatlar — 70 000 soʻmdan boshlanadi;
  • suyuq ovqatlar — 49 000 soʻmdan;
  • pastalar — 68 000 soʻmdan;
  • burgerlar — 52 000 soʻmdan boshlanadi.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−512−6677.

Manzillar:


Kebabika (China shashlik)

Restoranda mol, qoʻy, baliq, tovuq va ot goʻshtidan qilingan kaboblarni tatib koʻrish mumkin. Shuningdek, jigar va qiyma shashliklar ham taklif etiladi.

Kaboblar narxi:

  • mol goʻshti — 16 000;
  • qiyma — 14 000;
  • qoʻy goʻshti — 16 000;
  • jigar — 14 000;
  • baliq — 13 000.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 33−377−4477.

Manzil.


Efendi

Anhor kanali boʻylab yurishda davom etamiz. Asosan turk oshxonasi taomlarini taklif etadigan Efendi restoranining Labzak filiali ham suv boʻyida joylashgan.

Narxlar:

  • salatlar — 25 000−60 000 soʻm;
  • suyuq ovqatlar — 30 000−90 000 soʻm;
  • nonushtalar — 35 000−70 000 soʻm;
  • donar — 40 000−105 000 soʻm;
  • sach tava — 35 000−135 000 soʻm;
  • desertlar — 35 000−115 000 soʻm.

Ushbu havola orqali toʻliq menyu bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−177−0993.

Manzil.


Khan Chapan

“Khan Chapan” restoranida yozgi terrasa mavjud boʻlib, unda Qichqirin kanalini tomosha qilish mumkin.

Narxlar:

  • salatlar — 35 000−144 000 soʻm;
  • beshbarmoq — 105 000−182 000 soʻm;
  • steyklar — 210 000−380 000 soʻm;
  • asosiy taomlar — 50 000−290 000 soʻm;
  • suyuq ovqatlar — 50 000−74 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: +(998) 71−205−0020.

Manzil.


Majnuntol osti

Bu yerga kelsangiz, koʻzingiz darrov suv boʻyiga qoʻyilgan kichik stol-stullarga tushadi. Bu haqiqatan Turkiya vaybini berishi mumkin. Tinimsiz oqayotgan suv esa salqinlik bagʻishlaydi.

Doʻstlar bilan tashrif buyurganda samovarda choy buyurtma berish, shuningdek, Polat Alemdar yoqtiradigan menemen taomini tatib koʻrish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−972−9111.

Manzil.


Sultan Said

“Sultan Said” restorani sharqona mehmondoʻstlik va har xil mamlakatlar oshxonasidan bahramand boʻlish imkonini beradi. Bundan tashqari, restoran oʻzining har xil aksiyalari bilan ham ajralib turadi.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 90−928−3311; (+998) 98−121−3311.

Manzil.


Sharshara

Chillaning issigʻida salqinlanishga katta yordam beradigan joylardan biri “Sharshara” restorani hisoblanadi. Bu maskanda milliy va Yevropa taomlari tayyorlanadi.

Narxlar:

  • salatlar — 40 000 soʻmdan boshlanadi;
  • pastalar — 95 000 soʻmdan boshlanadi;
  • kaboblar — 80 000 soʻmdan boshlanadi;
  • steyklar — 80 000 soʻmdan boshlanadi.

Toʻliq menyuni ushbu havola orqali koʻrib chiqish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 98−000−4848; (+998) 98−170−4242.

Manzil.


Guten Pub

Nemis oshxonasi hisoblanadigan “Guten Pub” suvga yaqin boʻlgan salqin yerda joylashgan. Menyuda har xil an’anaviy va noan’anaviy taomlarni uchratish mumkin.

Narxlar:

  • salatlar — 60 000−85 000 soʻm;
  • suyuq ovqatlar — 35 000−55 000 soʻm;
  • mangaldagi taomlar — 65 000−450 000 soʻm;
  • issiq taomlar — 65 000−450 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 88−483−8800.

Manzil.


Keebon

Boʻzsuv va Anhor kanallarining qoʻshilish joyining yaqinida “Minor” masjidi oldida “Keebon” kafesi joylashgan.

Narxlar:

  • salatlar — 52 000−89 000 soʻm;
  • nonushtalar — 38 000−72 000 soʻm;
  • suyuq ovqatlar — 30 000−52 000 soʻm;
  • pastalar — 74 000−80 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−510−1661.

Manzil.


Сазанчик

Xorazm va milliy taomlar taklif etiladigan restoranning Toshkent shahrida bir nechta filiali mavjud. Chilonzor tumanida joylashgan filial esa premium hisoblanadi.

Narxlar:

  • salatlar — 80 000−160 000 soʻm;
  • xorazmcha xasip — 110 000 soʻm;
  • doʻlma — 58 000 soʻmdan;
  • suyuq ovqatlar — 29 000−190 000 soʻm.

Toʻliq menyu ushbu havola da keltirilgan.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 94−618−6161; (+998) 94−601−6262.

Manzil.


Сазанчик (Labzak)

“Сазанчик” restoranining Labzakda joylashgan filiali ham mehmonlarga an’anaviy taomlarni taklif qiladi. Shuningdek, doʻstlar bilan birga borish va 4 yoki 8 kishiga moʻljallangan taomlarni tatib koʻrish mumkin.

Narxlar:

  • salatlar — 20 000−80 000 soʻm;
  • ikkinchi taom — 40 000−250 000 soʻm;
  • “sazanchik assorti” (4 kishi uchun) — 400 000 soʻmdan;
  • “sazanchik assorti” (8 kishi uchun) — 750 000 soʻmdan;
  • suyuq ovqatlar — 25 000−30 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 93−718−3333.

Manzil.


Registon

Sharqiy Yevropa taomlari tortiq etiladigan ushbu restoran 250 oʻrinli yozgi terassa, banket zali va 70 oʻrinli kichik zalga ega. Dushanbadan shanbagacha soat 11:00 dan boshlab, restoranda “Samarqand oshi” tanovul qilish mumkin.

Banket menyu narxlari: 250 000 soʻmdan 350 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 33−378−5777; (+998) 33−369−5777.

Manzil.


Chorlar

Milliy bog' hududida joylashgan “Chorlar” restorani asosan milliy oshxonadan oʻrin olgan taomlarni taklif etadi.

Narxlar:

  • salatlar — 25 000−62 000 soʻm;
  • birinchi taom — 25 000−55 000 soʻm;
  • qurtoba (1,5 kg) — 240 000 soʻm;;
  • choʻponcha (1 kg) — 355 000 soʻmdan;
  • ikkinchi taomlar — 45 000−70 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−508−8008.

Manzil.


Kitsune

Seul Moon hududida joylashgan va anime namoyishlari hamda kospleychilar uchun ziyofatlar uyushtiriladigan “Kitsune” anime-kafesi ham suv boʻyida joylashgan.

Narxlar:

  • onigiri — 20 000 soʻm;
  • pishloqli tanga — 25 000 soʻm;
  • salatlar — 38 000−58 000 soʻm;
  • ramyonlar — 75 000−80 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.


iRamen

“iRamen” Seul Moon hududida joylashgan va uzoq sharq taomlari tayyorlanadigan yana bir kafe hisoblanadi.

Narxlar:

  • onigiri — 18 000−26 000 soʻm;
  • salatlar — 39 000−63 000 soʻm;
  • suyuq ovqatlar — 57 000−95 000 soʻm;
  • vok — 48 000−69 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−148−1112.

Manzil.


Malik al Broast

Saudiya Arabistoni brendi hisoblangan “Malik” Oʻzbekistonda ham oʻz filialini ochgan.

Narxlar:

  • bolalar uchun kombo — 34 000 soʻm;
  • kombolar — 35 000−205 000 soʻm;
  • basketlar — 63 000−173 000 soʻm;
  • burgerlar — 15 000−38 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon raqami:

Manzil.

Narxlar jamlanma e’lon qilingan sana uchun amal qiladi.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling