Ishtahani qitiqlovchi dud: Toshkentda qayerlarda kabob yeyish mumkin?

O‘zbek xalqining oshqozonidan alohida o‘rin egallagan milliy taomlardan biri — bu kabob (shashlik). Ko‘mirda pishirilgan go‘sht, uning hidi va ta’mi ko‘pchiligimizning bolalik xotiralarimizni yoki do‘stlar davrasidagi suhbatlarimizni esga soladi. Shaharda bunday taomni nafaqat choyxona va oshxonalarda, balki zamonaviy restoranlardan ham topish mumkin.
Afisha.uz poytaxt bo‘ylab mazali kabob pishiradigan nuqtalarni bir yerga jamladi.
Shashlik & Somsa
Restoran nomidan ko‘rinib turganidek, bu yerda siz ushbu taomning istalgan turini topishingiz mumkin. Qulayliklardan yana biri, u o‘z faoliyatini 24/7 rejimida olib boradi.
Narxlar:
- mol go‘shti — 41 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 41 000 so‘m;
- qiyma — 30 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 23 000 so‘m.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 9-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−717−1060.
G‘ijduvon premium
Kabob deganda ko‘pchilikning hayoliga birinchi o‘sha mashhur Buxoroning g‘ijduvoncha kaboblari kelsa kerak. Toshkentdagi G‘ijduvon premiumda siz ana shu ta’mni topishingiz mumkin.
Narxlar:
- mol go‘shti — 33 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 33 000 so‘m;
- qiyma — 27 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 33 000 so‘m.
Manzil: Zulfiyaxonim ko‘chasi, 21-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−500−2002.
Shashleek
Mehmonlarga mol, qo‘y, tovuq, baliq va sabzavotdan tayyorlangan turli xil kaboblar, salatlar va milliy hamda xalqaro taomlar taklif etiladi. Uning mitti, lekin mazali kaboblari sizga yoqishi ehtimoli bor.
Narxlar:
- mol go‘shti — 36 900 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 36 900 so‘m;
- qiyma — 32 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 31 500 so‘m.
Manzillar:
- Ekopark filiali (+998) 88−121−0111, (+998) 88−884−0111;
- Magic сity filiali (+998) 95−272−0111;
- Amirsoy filiali (+998) 98−808−0111.
- Yetkazib berish uchun telefon raqami: (+998) 98−101−0111.
Mahmood Kabob
Restoran sizga odatiy sixli kaboblardan tashqari o‘zining maxsus — bir bo‘lak non orasiga bir qancha ingrediyentlar bilan solingan qiyma variantini taqdim etadi.
Narxlar:
- mol go‘shti — 18 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 18 000 so‘m;
- qiyma — 17 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 15 000 so‘m.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−788−77−77.
Kebabika (China shashlik)
8 yildan buyon ishlab kelayotgan tarmoq o‘zining suv bo‘yida joylashgan lokatsiyasi bilan ham mashhur. Bu yerda siz o‘zbekcha kabobning xitoychasi bilan qilingan kollobaratsiyasi ta’mini totib ko‘rishingiz mumkin.
Narxlar:
- mol go‘shti — 16 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 16 000 so‘m;
- qiyma — 14 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 13 000 so‘m.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqamlari:
Yetkazib berish: (+998) 93−377−4477;
Joy band qilish: (+998) 33−377−4477.
Retro Milliy
Mazkur restoran oilaviy yoki do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish uchun ham yaxshi tanlov. Agar davrada kabobni xush ko‘rmaydiganlar bo‘lsa, boshqa variantlar topiladi.
Narxlar:
- mol go‘shti — 29 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 29 000 so‘m;
- qiyma — 25 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 23 000 so‘m.
Manzil: Oltintepa ko‘chasi, 28-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 91−191−30−05.
Bek
Odatda, 2−3 six kabob bilan qorin to‘ydirish mumkin. Lekin bu restoraning bir dona kabobi sizga yetib ortadi.
Narxlar:
- mol go‘shti — 48 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 62 000 so‘m;
- qiyma — 61 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 36 000 so‘m.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 9-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 88−511−9999.
Shohona
Toshkentdagi mashhur ovqatlanish maskanlaridan biri bo‘lgan ushbu nuqta milliy va xalqaro taomlarini taklif etadi. Restoranning menyusida kaboblar alohida o‘rin egallaydi.
Narxlar:
- mol go‘shti — 18 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti — 18 000 so‘m;
- qiyma — 18 000 so‘m;
- tovuq go‘shti — 15 000 so‘m.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 1-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 94−600−06−00, (+998) 71−289−6464.
Bonus: Chorsu ovqat bozori
Ro‘yxatni yakunlash uchun munosib tanlov, shubhasiz, o‘sha mashhur Chorsu ovqat bozoridir. Shovqin-suron ichra kabobchilarning jizzilab pishayotgan go‘shtga qaratgan e’tibori, uni aylantirish paytida qiladigan chaqqon harakatlari va mijozlarga yo‘llaydigan hazillari sizga o‘zgacha muhit hissini beradi. Ko‘z oldingizda pishib yetilgan kaboblar piyoz halqachalari va yangi to‘g‘ralgan ko‘katlar bilan tortiq qilinadi. Narxlar ham hamyonbop.
