PIOLA restorani — endi Fukuokda haqiqiy osh lazzatini his etish mumkin

Nyachangda mashhur bo‘lgan PIOLA restorani endi Fukuokda ham ochildi. O‘zbek taomlari, tandir non va iliq tabassum — tropik Vetnamda har bir inson o‘zini uyidagidek his qilishi mumkinligining yorqin isboti.
Vetnamda o‘zbek taomlarini yoqtiradiganlar PIOLA Nyanchang nomini yaxshi bilishadi. Uch yil davomida bu restoran osh, qozon kabob, sho‘rva, manti va sifatli o‘zbek milliy taomlari bilan nafaqat O‘zbekiston aholisi, balki turli davlatlardan kelgan mehmonlar qalbidan ham joy olgan. Mijozlarning katta talab va qo‘llab-quvvatlashidan ilhomlangan holda, Prestige Travel jamoasi PIOLA konsepsiyasini kengaytirishga qaror qildi. Natijada oq qumli sohillari, moviy to‘lqinlari va tropik havosi bilan mashhur Fukuok orolida yangi PIOLA restorani o‘z faoliyatini boshladi.

Fukuok — Vetnamning eng tez rivojlanayotgan kurortlaridan biri, har yili bu yerga millionlab sayyohlar tashrif buyuradi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo va MDH davlatlaridan. Yangi PIOLA restorani ham shu ehtiyojdan kelib chiqib ochildi. Uning tamoyili sifat, milliy ta’m, qulay muhit va samimiy munosabat asosida qurilgan.

“Bizning vazifamiz — mehmonni sifatli va mazali taom bilan kutib olish”, — deydi restoran oshpazlari.

Vetnamda o‘zbekcha oshxonani topish doim ham oson emas. PIOLA Fukuok esa aynan ana shu bo‘shliqni to‘ldiradi. Mehmonlar bu yerda oshning asl ta’mini, tandir nonning iliqligini va o‘zbekona muhitning mehrini his qilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, sayyohlar uchun katta qulaylik — ular bu yerda bemalol, ishonch bilan ovqatlanishi mumkin.

Restoranning ichiga nazar tashlagandayoq o‘zbekcha muhit seziladi. Devorlaridagi nafis milliy naqshlar, hunarmandchilik bezaklari, yorqin ranglar va an’anaviy detallar bir-biriga shu qadar uyg‘un barpo etilganki, ostonadan qadam qo‘ygan zahoti mehmon o‘z yurtining iliq nafasini his qiladi. PIOLA — shunchaki restoran emas, balki chet elliklar uchun O‘zbekiston madaniyatiga kirish eshigi.
PIOLA Fukuok ajoyib tandirga ega ekani bilan ajralib turadi. Restoranga O‘zbekistondan maxsus keltirilgan haqiqiy tandir o‘rnatilgan. Har kuni unda issiq, xushbo‘y, usti qarsildoq, ichi yumshoq tandir non va somsalar pishiriladi — tropik orolda bunday nonning hidi odamga beixtiyor vatanni eslatadi.

Qizig‘i shundaki, ko‘plab turistlar avvaliga “Nega aynan o‘zbek oshxonasi?” deb hayron bo‘ladi, ammo uchinchi kunga kelib o‘zlari ham palov uchun navbatda turganini sezmay qoladi. O‘zbek taomining jozibasi odamni shunchalik tez rom qiladi.
PIOLA menyusida mehmonlar yoqtiradigan barcha o‘zbek taomlari — oshdan tortib kaboblargacha, lag‘mon, manti, sho‘rva va tandirdan yangi uzilgan issiq somsalargacha — mavjud. Xullas, bu yerda milliy taomlarning asl ta’mi o‘z o‘rnida namoyon bo‘ladi.

O‘zbek taomi o‘zining to‘yimliligi, issiqligi va ta’mi bilan uyni eslatishi orqali ko‘pchilikni ko‘nglidan joy olgan. Aynan shuning uchun bu restoran har kuni odamlar bilan gavjum.

O‘zbekistonlik oshpazlar.
“Biz har bir ovqatga mehr berib tayyorlaymiz, shuning uchun uning ta’mi ham boshqacha bo‘ladi”, — deb ta’kidlaydi restoranning bosh oshpazi.

PIOLA’ning bosh maqsadi — dunyoning turli burchagidan kelgan mehmonlarga O‘zbekistonning betakror ta’mi, madaniyati va mehmondo‘stligini his ettirish. Bu oddiy ovqatlanish joyi emas, balki O‘zbekistonning milliy an’analari va qadriyatlarini boshqa xalqlarga yetkazib turuvchi madaniy maydon hisoblanadi.

Restoran har bir tashrif buyuruvchi o‘zini uyidagidek his qilishi uchun xizmat qiladi.
PIOLA brendi — Prestige Travel kompaniyasining loyihasidan biri, u, bundan tashqari, quyidagi gastronomik va turistik yo‘nalishlarni rivojlantiradi:
- Piola Nha Trang;
- Piola Phu Quoc;
- Prestige Club (Nha Trang Marriott mehmonxonalaridagi konsepsiya);
- Vibe Beach Phu Quoc.
Prestige Travel’ning maqsadi nafaqat O‘zbekistondan keluvchi mehmonlar balki Fukok oroliga boshqa davlatlardan tashrif buyurgan touristlar uchun o‘zbek madaniyat va taomlari bilan tanishtirishdur.
Sayt: prestigetravel.uz
Instagram Prestige Travel: @prestigetravel_official,
Instagram PIOLA: @piola_vietnam,
Instagram Vibe: @vibebeach_phuquoc
Reklama huquqlari asosida.