Mukbang: Toshkentdagi koreys BBQ tamaddixonalari

E’lon qilingan sana· 576
Mukbang: Toshkentdagi koreys BBQ tamaddixonalari

Toshkentda turli davlatlar oshxonalarini topish qiyin emas — istalgan mamlakat taomi bu yerda mazali va sifatli tarzda tayyorlanadi. Avvalroq biz Toshkentdagi xorijiy fast fudlar haqida ma’lumot bergan edik. Endi esa navbat Koreya va Yaponiya oshxonasiga keldi.

So‘nggi paytlarda internetda ovqat ASMR videolari ham katta mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda “mukbang” deb qidirsangiz, koreys taomlarini ishtaha bilan iste’mol qilayotgan odamlar videolari bir deganda chiqib keladi. Ayniqsa ramyon ishqibozlari uchun bunday videolarni tomosha qilish biroz xavfli, soat nechi boʻlishiga qaramay, achchiqqina ramyon yegingiz keladi.

Ammo bugun biz sizga faqat ramyon emas, balki o‘zingiz pishirib yeyishingiz mumkin bo‘lgan koreys BBQ manzillarini ham bir joyga jamladik.


Yoree

Koreys oshxonalaridan biri boʻlgan ushbu restoranda BBQ uchun mo‘ljallangan turli xil go‘shtlar, dengiz mahsulotlari va maxsus tayyorlangan setlar keng assortimentda taqdim etiladi. Bundan tashqari, menyuda koreys oshxonasiga xos sho‘rvalar va an’anaviy taomlar ham mavjud. Restoran mehmonlariga xilma-xil sushi turlari ham taklif etiladi.

Yoree — Toshkentda koreys oshxonasini tatib ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun qulay maskan. Restoran Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan bo‘lib, bu yerda klassik koreys taomlari, sushi, salatlar hamda kuksi kabi milliy taomlarni topish mumkin. Restoranning ichki muhiti zamonaviy va shinam bo‘lib, u do‘stlar bilan uchrashuvlar yoki oilaviy kechki ovqatlar uchun mos.

Menyu.
Manzil.
Telefon: (+998) 77−038−3388.


K-Town

Haqiqiy koreys uslubidagi ushbu restoran mehmonlarga turli xil koreys milliy taomlari va maxsus BBQni taklif etadi. Tamaddixonaning interyeri koreys uslubida bezatilgani sababli, bu yerga tashrif buyurganlar o‘zlarini go‘yo Koreya ko‘chalaridagi ovqatlanish maskanlaridan birida tushgandek boʻlishdi.

Key Town — Toshkentda koreys va Osiyo oshxonasini sevuvchilar uchun yaxshi tanlov. Menyu asosan Koreya oshxonasiga asoslangan: bu yerda ramyon, pibimpab, kuksi, bug‘da pishirilgan taomlar, shuningdek yengil salatlar va noyob pishiriqlarni tatib ko‘rish mumkin.

Restoran har kuni taxminan 11:30 dan 23:00 gacha faoliyat yuritadi va do‘stlar bilan uchrashuvlar, oilaviy kechki ovqatlar hamda yangi ta’mlar bilan tanishish uchun qulay muhit yaratadi.

Menyu.
Manzil.
Telefon: (+998) 90−977−0020.


Suwon BBQ

Suwon Rest koreys oshxonasida an’anaviy koreys BBQ, go‘shtlar, xushbo‘y souslar va milliy taomlar zamonaviy muhit bilan uyg‘unlashgan. Restoran interyeri qulay va shinam, do‘stlar bilan uchrashuvlar, oilaviy kechki ovqat yoki yangi ta’mlar bilan tanishish uchun ayni muddao. Koreya gastronomiyasini birinchi marotaba sinab koʻrishni istaganlar uchun bu yerda baliq va goʻshtdan tayyorlangan taomlar, salatlar va shoʻrvalarning oʻnlab turlari mavjud.

Menyu.
Manzil.
Telefon: (+998) 93−079−0066.


9292 Korean BBQ

Toshkentda koreys BBQ va janubiy koreys taomlarini taklif qiluvchi mashhur restoranlardan biri. Bu maskanda siz klassik koreys barbekyu tajribasini tatib ko‘rishingiz, turli xil marinadlangan go‘shtlar, kimchi va boshqa an’anaviy taomlarni baholashingiz mumkin. Taomlar asosan zamonaviy va an’anaviy uslubda tayyorlanadi, ba’zan mijozlar stol ustida o‘zlari ham go‘shtni pishiradilar.

Menyu.
Manzillar: Tolimarjon koʻchasi, 2A, Oybek koʻchasi, 40.
Telefonlar: (+998) 90−122−0332, (+998) 93−114−9292.


Mazami

Bu yapon oshxonasi boʻlib, sushi, nigiri, turli xil rollar va oʻzingiz tayyorlab yeyishingiz mumkin boʻlgan barbekyular mavjud. Mehmonlar oʻzlari goʻsht turini tanlashlari mumkin, tanlovda mol goʻshti va dengiz mahsulatlarining barcha turi bor. Bundan tashqari restoran salatlar va ichimliklar ham taklif qilishida.

Mazami — Toshkentda yapon va pan-osiyo taomlarini taklif qiluvchi shinam restoranlar tarmog‘i. Uning filiallari shaharning turli joylarida joylashgan bo‘lib, menyuda sushilar, miso va ramyon sho‘rvasi, vok lapshasi va boshqa klassik yapon taomlari taklif

Menyu.
Manzillar: High Town Mall, Chimgan savdo markazi, Yunusobod Gallery
Telefon: (+998) 94−994−0101, (+998) 93−135−9999.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling