An’anaviydan eng noodatiysigacha: Toshkentdagi 7 ta shirinlik maskani

Toshkentda shirinlik sevuvchilar uchun tanlovlar serob desak adashmaymiz. Shaharda klassik tort va desertlardan tortib, zamonaviy va noodatiy ta’mlarni taklif etuvchi maskanlargacha uchratish mumkin. Qolaversa, turli davlat va millat shirinliklari ham koʻpayib bormoqda.
Quyidagi jamlanmada turli konsepsiyaga ega bo‘lgan shirinlik yeyish mumkin boʻlgan joylardan bir nechtasini toʻpladik.
Bika Bakery
Bika Bakery Toshkentdagi zamonaviy va did bilan yaratilgan qandolat maskanlaridan biri bo‘lib, u klassik retseptlar va noodatiy ta’m uyg‘unligini birlashtiradi. Ushbu kafe o‘zining uslubi va takliflari bilan ajralib turadi. Menyuda an’anaviy asalli tort, chizkeyk kabi klassik desertlar bilan bir qatorda, mualliflik retseptlari asosida yaratilgan noodatiy kombinatsiyalarga ega pishiriqlarni ham uchratish mumkin. Bundan tashqari, kafe mehmonlarga turli xil maxsus ichimliklar — xushboʻy qahvalar, matcha, mualliflik limonadlari va boshqa ichimliklarni taklif etadi.
Menyu.
Ish vaqti:
Manzillar: Foodmall / DoYoga Coworking / Mustaqillik koʻchasi / Tashkent City Mall
Telefon: (+998) 91−001−6111.
Cake Lab
Toshkent bo‘ylab o‘n beshdan ortiq filiallariga ega bo‘lgan mashhur qandolat kafelar tarmog‘i hisoblanadi. Ushbu maskan o‘zining keng assortimenti, sifatli mahsulotlari va zamonaviy yondashuvi bilan ajralib turadi. Cake Lab’da turli xil tortlar, kapkeyklar, makaronlar va boshqa desertlar taqdim etiladi. Shuningdek, kafe individual buyurtmalarni ham qabul qilib, mijozlar istagiga mos maxsus tortlar tayyorlaylanadi.
Menyu.
Ish vaqti:
Manzillar.
Telefon: (+998) 71−203−3388.
Cocochou
Cocochou bu Toshkentdagi koreys uslubidagi shirinliklarni tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos maskanlardan biri. Menyuda koreyscha bento-tortlar, kremli desertlar, rang-barang pishiriqlar hamda mashhur ichimliklar boʻlgan matcha, latte va turli mevali ichimliklar mavjud. Bundan tashqari, Cocochou’da zamonaviy interyeri va sokin muhitda shirinliklardan tashqari koreys ovqatlaridan ham bahramand bo‘lish mumkin. Menyuda kunlik oʻzgarishlar boʻlib turadi
Menyu.
Ish vaqti:
Manzil: Mirobob koʻchasi, 39.
Telefon: (+998) 50−003−8063.
dipndip

dipndip shokoladga sevuvchilar uchun mashhur kafe bo‘lib, uning dunyo boʻulab filiallari mavjud. Menyuda turli xil shokoladli fondyu, krep, vafli, brauni va muzqaymoq bilan uyg‘unlashgan desertlar mavjud. dipndip’ning asosiy o‘ziga xosligi — har bir taomda sifatli shokoladning ustunligi. Bu yerda shokolad nafaqat ingredient, balki asosiy masalliq hisoblanadi. Bundan tashqari, mehmonlar issiq shokolad, mokka va boshqa shokolad asosidagi ichimliklardan ham bahramand bo‘lishlari mumkin.
Menyu.
Ish vaqti:
Manzillar: Tashkent City Mall, Seoul Mun
Telefon: (+998) 95−024−7777.
Panfusha
Toshkentda tobora ommalashib borayotgan yapon pankeyklarini tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan maskanlardan biri. Menyuda klassik yapon pankeyklaridan tashqari, mevalar, krem, shokolad va turli toppinglar bilan boyitilgan variantlar ham mavjud. Pankeyklar bilan birgalik turli yaxna ichimliklarni ham tatib koʻrish mumkin. Kafe interyeri ham minimalistik va shinam uslubda jihozlangan.
Menyu.
Ish vaqti:
Manzil: Seoul Mun
Telefon: (+998) 90−393−9663.
Wirinlyy
Wirinlyy Toshkentdagi zamonaviy shirinliklar maskanlaridan biri bo‘lib, o‘zining noodatiy desertlari va estetik yondashuvi bilan ajralib turadi. Bu yerda shirinliklar nafaqat ta’mi, balki ko‘rinishi bilan ham e’tiborni tortadi. Menyuda turli xil mualliflik desertlari, kremli pishiriqlar, mini-tortlar hamda trendga aylangan shirinliklar mavjud.
Menyu.
Ish vaqti:
Manzil: Tashkent City Park, Buyuk Ipak yoʻli 31.
Telefon: (+998) 93−784−9717.
Yupp
Yapon pankeyklarining eng noodatiy turlarini tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan maskanlardan biri bu Yupp. Bu yerda hatto Sezar salatli va Alfredo sousli pankeyklar kabi kutilmagan kombinatsiyalarni ham uchratish mumkin. Yangi ta’mlarni sinab ko‘rishni yoqtiradiganlar uchun bu joy albatta e’tiborga loyiq.Shu bilan birga, menyuda maxsus retsept asosida tayyorlangan klassik shirin pankeyklar ham mavjud bo‘lib.
Menyu.
Ish vaqti:
Manzil: Sodiq Azimov, 42.
Telefon: (+998) 50−540−8673.











