Beshqozon osh festivali va chempionati 2026

Beshqozon osh markazining Yunusobod filialida yirik gastronomik tadbirlardan biri — Beshqozon’ning 27 yilligiga bag‘ishlangan “Osh festivali va chempionati 2026” boʻlib oʻtadi.
Ikki kun davomida mehmonlarni palov, milliy madaniyat va haqiqiy o‘zbekona muhit uyg‘unlashgan katta bayram kutmoqda. Festival doirasida yosh oshpazlar o‘rtasida chempionat, palov degustatsiyalari, konsert dasturlari, maxsus gastrohududlar, hamkorlar va blogerlar ishtirokidagi mashgʻulotlar hamda butun oila uchun ko‘ngilochar dasturlar tashkil etiladi.
Mehmonlar turli xil palovlarni tatib ko‘rish, ulkan qozonlarda tayyorlanish jarayonini tomosha qilish, o‘zbek milliy taomlari an’analari bilan yaqindan tanishish va haqiqiy xalq sayli muhitida maroqli vaqt o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Festivalning maxsus mehmonlari — Sevara Nazarxon hamda afsonaviy “Yalla” guruhi konsert dasturi bilan chiqish qiladi.
Manzil.
Festival ish vaqti: 14:00 dan 22:00 gacha
Murojaat uchun telefon: (+998) 90−005−2646.
