Anons

"Рука помощи" xayriya shousi

E‘lon qilindi· 162
"Рука помощи" xayriya shousi

Samarqand Darvoza savdo-ko'ngilochar markazi O‘zbekiston volontyorlar uyushmasi va Bellissimo pitseriyalari tarmog‘i bilan hamkorlikda “Рука помощи” (“Yordam qo‘li”) xayriya loyihasini o‘tkazadi. Muborak Ramazon Hayiti munosabati bilan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya shousi tashkil etiladi.

Dastur:

  • sovun tayyorlash bo’yicha mahorat darsi;
  • floristika bo’yicha mahorat darsi;
  • rasm chizish bo’yicha mahorat darsi;
  • barmoqlar yordamida to’qishni o’rganish;
  • animatsion dastur;
  • shirinliklar taqdim etiladi.

Savdo markaziga tashrif buyuruvchilar mahorat darslarida qatnashish imkoniyatini beruvchi maxsus bilaguzuklarni xarid qilishlari mumkin.

Xaridlardan tushgan mablag' “Ezgu Amal” jamg’armasiga yuboriladi.