Ermak yangi mahsulot segmenti - sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 922
Ermak yangi mahsulot segmenti - sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi

Tasavvur qilish mumkin: siz shisha idish qopqog‘ini ochasiz va sarxil quyoshli mevalarning yoqimli hidi xona bo‘ylab tarqaladi. O‘zingizni xuddi hosil yig‘imi mavsumida ulkan bog‘da turgandek his qilasiz. Butun multivitaminli kompleksni o‘z ichiga olgan mazali tabiiy sharbatlarni endi do‘konlarda sotib olish oson: Ermak brendi foydali ingrediyentlarni o‘zida saqlab qolgan yangi mevali sharbatlar seriyasini ishga tushirmoqda.

Sevimli brendning yangi mahsuloti

Ermak brendi mamlakatning aksariyat aholisiga yaxshi ma’lum: 30 yildan ortiq vaqt davomida u iste’molchilar dasturxoniga yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Deyarli hech qanday tadbir Ermak pistalari, qurtlari yoki quritilgan mevalarsiz o‘tmaydi, xoh u restorandagi bayram, do‘stona uchrashuv yoki shunchaki televizor oldidagi oilaviy oqshom bo‘lsin.

Ermak allaqachon millionlab iste’molchilar ishonchini qozongan, lekin rivojlanishdan to‘xtamaslikka qaror qildi. Yaqinda kompaniya o‘z mahsulotlarining mutlaqo yangi segmentini — yangi uzilgan mevalardan xushbo‘y va to‘yingan sharbatlarni (Fresh Line) taqdim etdi. Bundan tashqari, brend bozorga tabiiy meva pyuresi, murabbo va mazali ta’mga ega pastalarni olib chiqdi.

Hozirgacha sharbat qatorida to‘rtta ta’m mavjud: o‘rik, behi, olma va anor. Kelajakda assortiment kengaytiriladi va to‘ldiriladi. Ishlab chiqarish liniyasi Jizzaxda joylashgan bo‘lib, u yerda yangi mevalarni qayta ishlash uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yirik texnologik ishlab chiqarish majmuasi qurilgan. Ishlab chiqarish nafaqat O‘zbekiston aholisini boyitilgan ichimliklar va mevali shirinliklar bilan ta’minlaydi, balki viloyat aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratib, ijtimoiy mas’uliyatni ham o‘z bo‘yniga olgan.

Dasturxoningizdagi foyda

Kompaniya missiyasi — iste’molchilarni kundalik hayotida foydali, sifatli va mazali mahsulot bilan shod qilishdir. Shu sabab, sharbatlar mazaliligidan tashqari o‘zgacha foydali ekanligiga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi. Ilg‘or innovatsion ishlab chiqaruvchilardan biri Ermak bu yerda ham noan’anaviy yo‘lni tanladi va O‘zbekiston bozori uchun yangi retseptura ishlab chiqdi. Mahsulot qo‘shimchalarsiz bo‘lib, tarkibida faqat sof, tanlangan, pishib, hosilga yetilgan mevalar va ichimlik suvi mavjud. Shu sabab mahsulot to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilib, shakar iste’mol qilmaydiganlarga ham mos keladi.

Keyinchalik sharbatga aylanadigan mevalar daraxt shoxidan dasturxoningizga qadar qiyin yo‘lni bosib o‘tadi. Ishlab chiqarishga ilg‘or texnik va gigiyenik usullar bo‘yicha qayta ishlanadigan yuqori sifatli va pishgan mavsumiy mevalar kiradi. Bo‘yoq va konservantlarsiz tabiiy mahsulot sterilizatsiya qilinadi va ikki xil — 750 ml va 250 ml hajmli shisha idishlarga qadoqlanadi. Ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan texnik jarayonlar va ekologik toza qadoqlash sizga ajoyib ta’m va mazali hidni, shuningdek, O‘zbekistonning quyoshli mevalari juda boy bo‘lgan barcha qimmatli vitamin hamda mikroelementlarni saqlab qolish imkonini beradi.

Har bir tomchida tabiat muvozanati

Sog‘lik uchun xavfsiz, kattalar va bolalar uchun mos bo‘lgan foydali va mazali ichimlikni topish qiyin ish bo‘lishi mumkin. Tabiiy Ermak sharbatlari hech qanday qo‘shimchalarsiz, bundan tashqari, shakar qo‘shilmasdan ishlab chiqariladi. Bu yoqimli ta’mli, tetiklantiruvchi ichimliklar stakaningizdagi haqiqiy yashil dorixonadir. Ular:

  • vitaminlar va minerallarning tabiiy muvozanatini saqlashga yordam beradi, chunki sharbatlar A, B, E, PP vitaminlari, mineral tuzlar, kletchatkalar, fermentlar, aminokislotalar, kalsiy, temir va boshqa foydali moddalarga boy;
  • past kaloriyali hamda bolalar va kattalar tomonidan oson hazm qilinadi;
  • tanani oziqlantiradi, organizmni toksinlar va zaharli moddalardan tozalashga yordam beradi;
  • terining elastikligini yaxshilash, metabolizmni normallashtirish va immunitetni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Sertifikatlangan sifat

Mahsulotlarning benuqson sifati xorijlik mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan. Tabiiy sharbatlar yaratilishining har bir bosqichi nazorat bo‘limi tomonidan qattiq tekshiriladi va tayyor mahsulotlar oziq-ovqat xavfsizligi (ISO 22000:2018) hamda sifat menejmenti (ISO 9001:2015) sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlangan.

Ermak kompaniyasi o‘z mahsulotlarining foydasi va sifatiga ishonadi. Brend sizga saralangan mevalardan tayyorlangan tabiiy meva sharbatlarining beqiyos sifatidan bahramand bo‘lishni taklif qiladi.

Telefon: (+998) 95−170−2333.

Cayt: ermak.uz
Facebook: fb.com/Ermak.uz
Instagram: @ermak_uzb

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ