Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi

E’lon qilingan sana· 1 651
Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi

4-noyabr kuni Toshkentda Brioni monobrend butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Mirabad Avenue`dagi Fashion-hiyobonida joylashgan yangi makon Brioni`ning butun dunyoda keng tarqalgan konsepsiyasini takrorlamoqda — “Uydan uzoqdagi uy” konsepsiyasi o‘zida Angelo Mangiaroti vintaj stoli, Marso Zanuso vintaj kreslolari va Franso Albini yoritgichlari, shuningdek, mashhur Genuya manufakturasi MITA tomonidan ishlab chiqilgan qo‘lda tayyorlangan gilamlar va devoriy gobelenlarni jam etgan italyan dizaynerlik mebellarining noyob to‘plamidan iborat.

Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni taklif etmoqda, shuningdek Bespoke — individual o’lchamlarga binoan bichish-tikish xizmatini taqdim etadi. Nafislik va qulaylik og‘ushida mijozlar iliq italyan muhitida ko‘rstalidigan individual xizmat va yuqori darajadagi tikuvchilik tajribasidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

1945-yildan buyon Brioni uslubi erkin zamonaviy nafislikni o‘zida mujassam etgan. Bu tikuvchilik mahorati va eksklyuziv materiallar sohasidagi doimiy izlanishlar uyg‘unligi natijasidir. Zamonaviy Bespoke xizmatiga qo‘shimcha ravishda, moda uyi ham rasmiy tadbirlar, ham dam olish uchun Italiyada ishlab chiqarilgan tayyor kiyim, poyabzal va aksessuarlar, shuningdek, parfyumeriyalarni taklif etadi.

Telefon: (+998) 78−333−40−00.
Manzil: Mirabad ko‘ch., 64, Mirabad Avenue turar-joy majmuasi.

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ