Uzum Market "Arzon narxlar kafolati" aksiyasini boshladi

Uzum Market’da “Arzon narxlar kafolati” maxsus bo‘limi paydo bo‘ldi — unda narxlari tekshirilgan va boshqa onlayn platformalardagi shunga o‘xshash takliflar bilan taqqoslangan minglab mahsulotlar jamlangan.
Uzum Market “Arzon narxlar kafolati” aksiyasini yo‘lga qo‘ymoqda. Marketpleys avtomatik tarzda boshqa joylardagi arzonroq narxlarni kuzatib boradi va agar xaridor mahsulotni arzonroq narxda topsa, farqni qoplaydi.
“Biz uchun Uzum Market xaridorlari bizdan barcha kerakli tovarlarni qulay narxlarda topa olishi muhim. Biz nafaqat assortimentni kengaytiramiz va turli platformalardagi narxlarni doimiy ravishda kuzatib boramiz, balki kafolat ham beramiz — agar foydalanuvchilar o‘sha mahsulotlarni arzonroq narxda topsalar, qiymatdagi farqni qaytaramiz. Biz buni O‘zbekiston aholisi bizning narxlarimizga ishonishi, bizning veb-saytimiz va ilovamizda foydali takliflarni osongina topishi uchun qilmoqdamiz”, — deydi Uzum E-com marketing bo‘yicha direktori Anastasiya Kosoplecheva.
Aksiyada ishtirok etayotgan tovarlarga “Arzon narx kafolati” maxsus belgisi va pushti rangli narxnoma belgilangan. Aksiyada ishtirok etadigan tovarlar assortimenti muntazam ravishda yangilanib boradi, unda ommabop tovarlar toifalari — oziq-ovqat va maishiy kimyodan tortib kiyim-kechak, poyabzal va elektronikagacha jamlangan. Aksiya doirasidagi tovarlarni nafaqat to‘plamdan, balki marketpleysning umumiy katalogidan ham topish mumkin.
Agar xariddan so‘ng uch kun ichida foydalanuvchi boshqa onlayn do‘kondan shunga o‘xshash mahsulotni arzonroq narxda topsa,Telegram boti orqali platforma va narx haqida ma’lumot yuborishi va Uzum Market’da ushbu tovar uchun promokod orqali 1 million so‘mgacha kompensatsiya olishi mumkin.
Aksiyaning to‘liq shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.