Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan "Mall of Uzbekistan" savdo markazlari ochiladi

E’lon qilingan sana· 106
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan "Mall of Uzbekistan" savdo markazlari ochiladi
Foto: Toshkent savdo markazi

O‘zbekistonda “Mall of Uzbekistan” nomi ostida yangi turdagi savdo markazlari tashkil etiladi.

Ularning asosiy farqi — bunday savdo markazlarida faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan kiyim-kechak, charm buyumlar, poyabzallar va boshqa mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

“Mall of Uzbekistan” loyihasi nimalarni o‘z ichiga oladi?

  • har bir savdo markazida faqat milliy mahsulotlar sotiladi;
  • do‘kon joylari tadbirkorlarga minimal ijara narxida taklif etiladi;
  • savdo maydonlari turli tuman va hududlarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda to‘qimachilik, charm va poyabzal sohalarida faoliyat yuritayotgan 4 mingdan ortiq korxona mavjud. Biroq ularning mahsulotlarini aholiga qulay tarzda taqdim etish imkoniyati cheklangani sababli Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilgan korxonalarga soliq yengilliklari taqdim etiladi. To‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2 foiz, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling