“Panasonic” Uzum Market’ga chiqdi — jahon brendi texnikasi 15 foizgacha chegirma bilan

Uzum Market o‘z assortimentini kengaytirdi: endi unda Yaponiyaning "Panasonic" brendining mahsulotlari ham mavjud. Ishga tushirish boshlanayotgani munosabati bilan aksiya o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra, 11-iyungacha mijozlar ushbu brend texnikasini 15 foizgacha chegirma bilan sotib olishi mumkin.
Uzum Market milliy marketpleysi assortimentni kengaytirishda davom etmoqda va jahonning yetakchi brendlari texnikasini butun mamlakat bo‘ylab xaridorlarga taqdim etmoqda. Endilikda platformada maishiy elektronika va uy-ro‘zg‘or texnikasi sohasida yetakchilardan biri bo‘lgan Yaponiyaning “Panasonic” brendi tovarlari taqdim etiladi. Onlayn do‘kon havola orqali mavjud.
Uzum Market’da:
- mikroto‘lqinli pechlar;
- elektr choynaklar;
- blenderlar;
- fenlar;
- soch olish mashinalari va Panasonic’ning boshqa mahsulotlari mavjud.
Ishga tushirish boshlanayotgani munosabati bilan maxsus aksiya amal qiladi. Unga ko‘ra, 11-iyungacha marketpleysdagi brendning barcha assortimentiga 15 foizgacha chegirma amal qiladi. Do‘kon o‘zining barcha assortimentiga 1 yildan 5 yilgacha kafolat beradi. Bundan tashqari, tovarlarni Uzum Nasiya’dan 3, 6, 12 va 24 oylik muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin.
“Biz Uzum Market’da dunyoning eng yaxshi brendlarini taqdim etishga intilamiz. „Panasonic“ do‘konining ishga tushirilishi tufayli butun mamlakat bo‘ylab xaridorlar brend mahsulotlarini ishlab chiqaruvchining kafolati va moslashuvchan to‘lov usullari bilan oson xarid qilishi mumkin bo‘ladi”, — dedi Uzum Marketdagi maishiy texnika, elektronika va DIY departamenti direktori Vladislav Saxarov.
“Panasonic” — 100 yildan ortiq tarixga ega yapon kompaniyasi bo‘lib, sifat, ishonchlilik va texnologiyaning sinonimiga aylangan. Brend texnikasi o‘zining chidamliligi va funksionalligi bilan mashhur.
Buyurtmani mobil ilovada yoki Uzum Market saytida rasmiylashtirish mumkin — milliy marketpleys butun mamlakat bo‘ylab 408 ta aholi punktiga yetkazib beradi. Buyurtma topshirish punktlarida tekshiruv stollari mavjud bo‘lib, ularda xarid qilishdan oldin tovarni tekshirish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.