Levi’s original kiyimlarini endi Uzum Market’da xarid qilish mumkin

Mashhur Amerika brendi Levi’s’ning asl jins kiyimlarini endi Uzum Market'da buyurtma qilish mumkin — marketpleys butun O‘zbekiston bo‘ylab tez yetkazib beradi va mahsulotlar aslligi kafolatlanadi.
Levi’s — sifat va taniqli uslubi bilan butun dunyoda tan olingan afsonaviy Amerika jins kiyimlari brendi.
Brendning Uzum Market’dagi rasmiy do‘konida erkaklar va ayollar kolleksiyalari mavjud: mashhur jinsilardan tortib futbolkalar, polo va aksessuarlargacha. Barcha tovarlar original bo‘lib, rasmiy distribyutordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beriladi.
“Uzum Market’da Levi’s’ning paydo bo‘lishi jahon brendlari kiyimlarini mamlakatning istalgan burchagidan qulay xarid qilish yo‘lidagi yana bir qadamidir. Mijozlarda sifatli va ishonchli mahsulotlar foydasiga tanlov imkoniyati bo‘lishi uchun biz doimo assortimentni kengaytirish ustida ishlaymiz. Shu bilan birga, onlayn buyurtma berish oson va qulay: kiyimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirish punktida kiyib ko‘rish va shu yerning o‘zida uning xaridi boʻyicha qaror qabul qilish mumkin”, — dedi Uzum Market’dagi Fashion yo‘nalishi departamenti direktori Alina Musiyenko.
Assortiment bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Bugungi kunda Uzum Market platformasida 1 milliondan ortiq noyob tovarlar taqdim etilgan bo‘lib, ular mamlakat bo‘ylab 408 ta aholi punktini qamrab olgan 1129 ta buyurtma berish punktlariga tezkor yetkazib beriladi.
Reklama huquqlari asosida.