“Nozik ohang”: Toshkentda voyaga yetishning ko‘zga ko‘rinmas jihatlari haqidagi nafis asar taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 81
“Nozik ohang”: Toshkentda voyaga yetishning ko‘zga ko‘rinmas jihatlari haqidagi nafis asar taqdim etildi

Toshkentda yosh muallif Diyora Murodxo‘jayevaning “Nozik ohang” nomli ilk kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu asar tushunmovchiliklarga to‘la dunyoda yashovchi qizaloq haqidagi nafis va teran hikoyadan iborat.

Kitob muallifi 15 yoshda. Diyoraning o‘zi e’tirof etganidek, asar o‘z-o‘zini ifodalash bilan birga, ko‘pincha aytib bo‘lmaydigan tuyg‘ularni badiiy to‘qima orqali yetkazishga urinadi. “Bu avtobiografiya emas, lekin kitobdagi his-tuyg‘ular haqiqiy”, — dedi u.

Bosh qahramon — Sa’diya. Autizm spektri buzilgan qizaloq, u tom ma’noda va majoziy ma’noda uni eshitmaydigan dunyoda yashaydi.

Muallif Sa’diya obrazi orqali muhim mavzularni — yolg‘izlik, o‘zlikni anglash, ichki va tashqi to‘siqlarni yengib o‘tish kabilarni ko‘taradi. Muallifning yosh bo‘lishga qaramay, hikoya qilish mahorati va inson tabiatini chuqur tushunishi bilan ajralib turadi.

Kitob badiiy nasr janrida yozilgan va bir vaqtning o‘zida ikki tilda — o‘zbek va rus tillarida bir jildda nashr etilgan. Bu uni keng auditoriya uchun ochiq qilishdan tashqari, undagi mavzuning dolzarbligini bildiradi.

Taqdimot kitobxonlar, pedagoglar, do‘stlar va ijodiy jamoa vakillarini bir joyga to‘plagan holda, iliq muhitda o‘tdi. Mehmonlar taqdimot davomida mavzuning muhimligi, muallifning mahoratini alohida e’tirof etishdi.

“Nozik ohang” asarining chop etilishi, bolalar va o‘smirlar kontentini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga to‘g‘ri keladi. 2025-yil may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev adabiyot, ommaviy axborot vositalari va raqamli muhitda sifatli bolalar kontentini tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilagan qarorni imzoladi.

Unda nashryotlar uchun soliq imtiyozlari, bolalar kontentini rivojlantirish markazini tashkil etish, shuningdek, yosh mualliflar uchun ta’lim va grant dasturlari ko‘zda tutilgan. Yangi tuzilmaning vazifalaridan biri psixoemotsional holatdan tortib inklyuziv va bolalar huquqlarigacha bo‘lgan muhim mavzularda gapira oladigan yosh iqtidorlarni aniqlashdan iborat.

Diyora Murodxo‘jayevaning nasriy asari ana shu kontekstga mos tushadi. U nafaqat O‘zbekistonda oʻsmirlar adabiyoti chegaralarini kengaytiradi, balki uzoq vaqt davomida e’tibordan chetda qolgan masalalarni — jumladan, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar mavzusini ko‘taradi.

“Agar hech bo‘lmaganda bir kishi ushbu kitobni o‘qib chiqqanidan so‘ng, o‘zini yolg‘iz emasligini his qilsa — demak, kitob behuda yozilmagan”, — dedi Diyora.

“Nozik ohang” kitobi allaqachon keng jamoatchilikka taqdim etilgan bo‘lib, onlayn platforma va Asaxiy Books nashriyoti do‘konlarida xarid qilish mumkin. Uning chop etilishi samimiy va nozik nigoh, murakkab narsalar haqida oddiy gapira olish qobiliyatining qadr-qimmatini eslatib turadi.

Loyihani ilgari surish ustida Vivid Visions jamoasi ishladi, ular muallifning adabiy vakili sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Adabiyot yoki ommaviy axborot vositalari sohasida jasoratli, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar yaratayotgan va professional ko‘makka muhtoj bo‘lganlar uchun kompaniya hamkorlikka tayyor.

Telefon: (+998) 99−898−51−14.

E-mail: info@vividvisions.uz
Sayt: vividvisions.uz
Instagram: @vividvisions.uz

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling