Anons

Challenge Samarkand triatlonchilar uchrashuvi

E’lon qilingan sana· 3
Challenge Samarkand triatlonchilar uchrashuvi

O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi va BeFit Fitness and Wellness barcha sport ishqibozlarini jahonga mashhur Challenge Family brendining Challenge Samarkand havaskorlar va professionallar o‘rtasidagi birinchi xalqaro triatlon poygasi arafasidagi uchrashuvga taklif etadi.

Uchrashuvda nimani o’rganish mumkin:

  • Challenge Samarkand nima va nega havaskorlar triatlon poygalarida qatnashadilar?
  • turli masofalar bo’yicha musobaqada qatnashishni qanday boshlash va qanday tayyorgarlik ko’rish kerak? Tajribali mutaxassis murabbiy Vyacheslav Kruglovdan maslahatlar va tavsiyalar;
  • Havaskor triatlonchilar nima uchun triatlon bilan shug’ullanishadi? Triatlon mashg’ulotlari bizning hayotimiz va sog’lig’imizga qanday ta’sir qiladi? Triatlon nima uchun mashhur?

Uchrashuv mehmonlari va ma’ruzachilar:

  • Elena Kun — O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi;
  • Anna Kourova — triatlonchi, biznes-ledi;
  • Ochil Taxtamuhamedov — tadbirkor, restorator, triatlonchi;
  • Vyacheslav Kruglov — triatlon bo’yicha murabbiy;
  • Mirxon Sagitov — triatlonchi, poygalar seriyasi kuratori, Tashkent Runners asoschisi.

Shuningdek, mehmonlarni yaqinlashib kelayotgan Challenge Samarkand poygasi uchun lotereyalar kutmoqda:

  • middle distance;
  • sprint;
  • middle relay;
  • sprint relay.

Havola orqali oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

  • Sana
    31 may, 19:00
    Joy
    BeFit PRO
    Toshkent, Beshyog‘och ko‘ch., 10B
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ