Anons

Triatlon bo‘yicha Yangi League musobaqasi

E’lon qilingan sana· 40
Triatlon bo‘yicha Yangi League musobaqasi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida triatlon bo‘yicha Yangi League musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqalar bir nechta toifalar bo’yicha o’tkaziladi:

  • Havaskorlar:

Masofa: 3*(300m suzish/3km velosiped/1km yugurish).

Triatlon masofasini to’xtovsiz ketma-ket 3 marta bosib o’tish.

Havaskorlar o’rtasidagi musobaqalar yosh guruhlariga ajratishlarsiz nominatsiyalar (absolyut) bo’yicha o’tkaziladi, erkaklar va ayollar guruhlarida 3 ta sovrinli o’rin bo’yicha taqdirlanadi. Startda elektron vaqtni hisoblash tizimi qo’llaniladi.

Musobaqada marraga yetib kelgan ishtirokchilar medallar bilan taqdirlanmaydi.

“Havaskorlar” uchun start to‘lovi : 98 000 so‘m.

  • Bolalar:

Masofalar:

  • 6−8 yosh (2017−2015 y.t.): suzish 100 m, yugurish 300 m;
  • 9−11 yosh (2014−2012 y.t.): suzish 200 m, yugurish 600 m;
  • 12−13 yosh (2011−2010 y.t.): suzish 300 m, yugurish 1200 m.

“Bolalar” start to’lovi : bepul.

Havola orqali oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval