Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Meksika bilan jangovor durrang qayd etdi

E’lon qilingan sana· 100
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Meksika bilan jangovor durrang qayd etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida AQSHda Meksika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Tomonlar durrangga imzo chekdi.

Birinchi bo‘limda hujumchi Bobur Abduholiqov O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi, bundan ko‘p o‘tmay meksikaliklar hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim yakunida uyushtirilgan qarshi hujumda urilgan Aziz Turg‘unboyevning goli hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda Meksika terma jamoasi a’zolari ikkita gol urib, hisobda oldinga chiqib olishgandi, ammo 90+2-daqiqada Otabek Shukurovning jarima zarbasidan kiritgan supergoli hisob tenglashishini ta’minladi. Raqib jamoa hujumchisi Raul Ximenes dublga erishdi, Uriel Antuna ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, bu o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun Amerikada o‘tkazilayotgan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi, Srechko Katanets shogirdlari dastlabki uchrashuvda AQSH terma jamoasiga yirik hisobda (3:0) yutkazgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ