Futbol bo‘yicha JCh-2030 uchta qit’adagi 6 mamlakatda o‘tkaziladigan bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 704
Futbol bo‘yicha JCh-2030 uchta qit’adagi 6 mamlakatda o‘tkaziladigan bo‘ldi

4-oktyabr kuni FIFA kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2030-yil bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati mezbonlari e‘lon qilindi.

Kengash qaroriga ko‘ra, musobaqa 2030-yilgi jahon chempionatini qabul qilish uchun ariza topshirgan barcha mamlakatlarda o‘tkaziladi: Marokash, Ispaniya, Portugaliya, Urugvay, Argentina va Paragvay. Aksariyat uchrashuvlar Yevropada bo‘lib o‘tadi, start esa Urugvayda. Argentina va Paragvay milliy jamoalari ilk guruh o‘yinlarini o‘z uylarida o‘tkazadi. Turnir finali esa Ispaniyaning “Real Madrid” klubi uyi sanalmish “Santiago Bernabeu"da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shunday qilib, musobaqaning geografiyasi uchta qit’aga kengayishi tarixda ilk bor sodir bo‘ladi. Bungacha eng nufuzli futbol musobaqasini birga qabul qilgan davlatlar faqatgina Yaponiya va Janubiy Koreya (2002) hisoblanadi. 2026-yilda esa musobaqa uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2030-yilda ilk Jahon chempionati o‘tkazilganiga bir asr to‘ladi. O‘shanda turnirga Urugvay mezbonlik qilgan. Shuning uchun yubiley uchrashuv (JCh-2030 ochilishi) ham aynan Urugvayda o‘tkaziladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ