Anons

Samarkand Marathon

E’lon qilingan sana· 13
Samarkand Marathon

Samarqand shahrida har yili o‘tkaziladigan xalqaro xayriya yugurish musobaqasi — Samarkand Marathon bo‘lib o‘tadi.

Start va finish Registon maydoni yaqinida bo’ladi. Boshlang‘ich raqamlarni taqsimlash 4 va 5-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Yugurish musobaqasi Samarqandning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tkaziladi va bu shaharning tarixiy diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish imkonini beradi. Sport tadbirlari bilan bir qatorda ishtirokchilarni va mehmonlarni boy madaniy dastur, 5-noyabr kuni Therr Maitz guruhi katta konserti va xalqaro DJ`lar chiqishlari kutmoqda.

Samarkand Marathon — Oʻzbekistonda 2019-yildan beri mavjud boʻlgan xalqaro xayriya marafonidir. 2022-yilda marafon Abbott WMM Wanda ageGroup jahon chempionatining saralash poygalari ro’yxatiga kiritilgan. Marafon marshruti Xalqaro marafonlar va poygalar assotsiatsiyasi AIMS tomonidan sertifikatlangan.

Yugurish uchun quyidagi masofalar mavjud:

  • 42,2 km — 18 yoshdan boshlab ishtirok etish;
  • 21,1 km — 18 yoshdan boshlab ishtirok etish;
  • 10 km — 16 yoshdan boshlab ishtirok etish;
  • 5 km Nordic Walking — 13 yoshdan boshlab ishtirok etish;
  • 2 km — 13 yoshdan boshlab ishtirok etish;
  • Kids Run — 4 yoshdan 12 yoshgacha ishtirok etish.

Ishtirok etish narxi:

  • masofalar 5 km, 10 km, 21 km, 42 km — 150 000 so’m;
  • 2 km, Kids Run va Nordic Walking — 100 000 so’m.

Ishtirokchilarning roʻyxatga olish yigʻimlaridan yigʻilgan mablagʻlar Samarkand Marathon`ning xayriya maqsadini amalga oshirishga, 2023-yilda bolalar uchun sport maydonchalarini qurishga yoʻnaltiriladi.

Havola orqali ro’yxatdan o’tish talab etiladi.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

  • Sana
    4dan 5-noyabrgacha
    Joy
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ