O‘zbekiston milliy jamoasi Turkmanistonni irodali tarzda mag‘lub etdi

E’lon qilingan sana· 145
O‘zbekiston milliy jamoasi Turkmanistonni irodali tarzda mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash turnirini Turkmaniston ustidan irodali g‘alaba bilan boshladi. 16-noyabr kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Otabek Shukurov dubl qayd etdi, Eldor Shomurodovda esa ikkita assist va bitta golga mualliflik qildi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida mezonbonlar hisobni ochdi — himoyachi Meylis Durdiyev uzoq masofadan O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim o‘zbekistonlik futbolchilar nazoratida o‘tdi. Yarim himoyachi Otabek Shukurov 57 va 77-daqiqalarda Eldor Shomurodovning paslaridan keyin gollar kiritib, dubl qayd etdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda (90+1) Eldor Shomurodov Otabek Shukurovning pasidan yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.

O‘zbekiston joy olgan “E” guruhining parallel o‘yinida Eron Gonkongni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Shunday qilib, Eron terma jamoasi gollar nisbati hisobiga (+4) guruhda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston ikkinchi o‘ringa joylashdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasining navbatdagi uchrashuvi 21-noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ