O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

E’lon qilingan sana· 96
O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Indoneziyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 1/8 final uchrashuvi doirasida Angliyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 4-daqiqada tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hisobni hujumchi Amirbek Saidov ochib berdi. Uchrashuvning 35-daqiqasida raqib jamoa yarim himoyachisi Jol Ndala hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymda o‘zbekistonliklar 2-golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 67-daqiqasida Lazizbek Mirzayev jarima zarbasida super gol kiritib, O‘zbekistonning g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi Fransiya — Senegal uchrashuvida (22-noyabr, soat 17:00 boshlanadi) aniqlanadi. Chorak final bahsi 25-noyabr kuni bo‘lib otadi.

Gollar videolari

Fotogalereya

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ