23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2024-yilgi Osiyo kubogiga qur’a tashlandi

E’lon qilingan sana· 129
23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2024-yilgi Osiyo kubogiga qur’a tashlandi

Qatarning Doha shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2024-yilgi Osiyo kubogiga qur‘a tashlandi. Unda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi D guruhidan joy oldi.

Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatar, Saudiya Arabistoni va Yaponiya bilan 1-savatchadan o‘rin olgan edi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Vyetnam, Quvayt va Malayziya bilan D guruhidan joy oldi.

Qolgan guruhlar quyidagicha shakllandi.

O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turni Vyetnamga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi, ikkinchi va uchinchi turlarni, mos ravishda, Quvayt va Vyetnam termalariga qarshi bilan o‘tkazadi. Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim etuvchi mazkur musobaqa 2024-yilning 15-aprelida start oladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi musobaqa 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan, ammo unga Olimpiada yo‘llanmasi tikilmagan edi. Unda Timur Kapadze boshligidagi O‘zbekiston olimpiachilari finalda Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lgan. 2018-yil O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ravshan Haydarov boshchiligida ushbu musobaqa chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ