Osiyo Kubogi. O‘zbekiston o‘z yurishini Suriyaga qarshi durang bilan boshladi

E’lon qilingan sana· 91
Osiyo Kubogi. O‘zbekiston o‘z yurishini Suriyaga qarshi durang bilan boshladi

Qatarda 12-yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. 13-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z yurishini boshladi va Suriya termasiga qarshi nursiz durang qayd etdi.

“Jassim bin Hamad” stadionida o‘tgan uchrashuvda Srechko Katanes shogirdlari ustunlik qilgan bo‘lsada, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektro Kuper boshchiligidagi Suriya terma jamoasini mag‘lub eta olmadi. O‘zbekistonliklar to‘pga ko‘proq egalik qildi, ammo raqiblar mustahkam himoyalana oldi. Umuman olganda, ikki tomon ham butun uchrashuvni ehtiyotkor tarzda o‘tkazdi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida “oq bo‘rilar” tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi, maydonga Abbosbek Fayzullayev va Sherzod Nasrullayev tushurildi, keyinchalik Jaloliddin Masharipov o‘rnini Igor Sergeev egalladi, ammo shunda ham suriyaliklar himoyasi buzib o‘tilmadi. Ikkinchi bo‘limda Suriya terma jamaosi gol kiritdi, ammo hujumchi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgani uchun gol hisobga olinmadi.

Shunday qilib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-turdan so‘ng “B” guruhida 1 ochko bilan 3-o‘rinni band qilib turibdi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Avstraliya va Hindiston terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi va unda Avstraliya 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi doirasidagi 2-tur uchrashuvini Hindistonga qarshi 18-yanvar kuni o‘tkazadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ