The Best 2023: Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

E’lon qilingan sana· 76
The Best 2023: Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

15-yanvar kechasi Londonda turli nominatsiyalar boʻyicha FIFA The Best sovrinining 2023-yilgi gʻoliblari e’lon qilindi. Unda Lionel Messi yilning eng yaxshi futbolchisi, Pep Guardiola esa eng yaxshi murabbiy deb topildi.

Eng yaxshi futbolchi uchun atalgan mukofot koʻpchilik tomonidan kutilmagan qaror boʻlganini, bunga boshqa futbolchilar koʻproq loyiq boʻlganini aytishsa, yana bir tomon Messining mukofotga loyiq ekani haqida gapirmoqda.

E’tiboringizga barcha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni havola etamiz:

  • “Yilning eng yaxshi futbolchisi” — Lionel Messi;
  • “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” — Aytana Bonmati (Barcelona);
  • “Yilning eng yaxshi darvozaboni” — Ederson (Manchester City);
  • “Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni” — Meri Irps (Manchester United)
  • “Yilning eng yaxshi murabbiyi” — Pep Gvardiola (Manchester City);
  • “Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi” — Sarina Vingman (Angliya terma jamoasi);
  • “Fair Play” sovrini — Braziliya terma jamoasi;
  • Eng chiroyli gol uchun “Pushkash sovrini” — Gilermo Madruga (Botafogo FC);
  • “Yilning eng yaxshi futbol muxlisi” — Ugo Daniel (Kolon Santa-Fe).

Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun butun dunyo boʻylab murabbiylar, jamoa sardorlari va OAV vakillari, futbol ishqibozlari ovoz berishdi. Bunda Messidan keyingi oʻrinlarni Erling Holand va Kilian Mbappe egalladi:

  1. Lionel Messiga 476 murabbiy, 677 sardor, 325 OAV vakili, 613 293 futbol ishqibozi ovoz bergan;
  2. Erling Holandga 541 murabbiy, 557 sardor, 729 OAV vakili 365 893 futbol ishqibozi ovoz bergan;
  3. Kilian Mbappega 302 murabbiy, 282 sardor, 168 OAV vakili 201 866 futbol ishqibozi ovoz bergan.

Jumladan Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov quyidagicha ovoz bergan: 1) Messi; 2) Mbappe; 3) Holand.

Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiysi ham birinchi oʻringa Messini qoʻygan, faqat ikkinchi oʻringa Holandni va uchinchiga Mbappeni qoʻygan.

Sharhlovchi Davron Fayziyevning tanlovi esa quyidagicha boʻldi: 1) Holand; 2) Messi; 3) Mbappe.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ