Boks bo‘yicha Millatlar Kubogida barcha o‘zbekistonlik sportchi qizlar shohsupadan joy oldi

E’lon qilingan sana· 75
Boks bo‘yicha Millatlar Kubogida barcha o‘zbekistonlik sportchi qizlar shohsupadan joy oldi

Serbiyaning Sombor shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Millatlar kubogi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining barchasi shohsupaga koʻtarilishdi, deb xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.

Musobaqa davomida terma jamoa a’zolari 4 oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Yana bir ahamiyatli tomoni, -50 kg vazn toifasida jang qilgan Feruza Kazakova turnirning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Gʻolib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha:

Oltin medal:

  • -50 kg: Feruza Kazakova;
  • -52 kg: Aziza Yakubova;
  • -57 kg: Sitora Turdibekova;
  • -75 kg: Aziza Zokirova;

Kumush medal:

  • -48 kg: Saidaxon Rahmonova;
  • -60 kg: Rayhona Qodirova;
  • -66 kg: Navbahor Hamidova;

Bronza medal:

  • -54 kg: Muxlisa Xushvaqtova;
  • -63 kg: Mohinabonu Abdullayeva;
  • -70 kg: Xadichabonu Abdullayeva;
  • -81 kg: Oltinoy Sotimboyeva.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ