Oksana Chusovitina yana Olimpiadaga borishi mumkin

E’lon qilingan sana· 160
Oksana Chusovitina yana Olimpiadaga borishi mumkin

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 15−18-fevral kunlari Misr poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogining birinchi bosqichida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. Ular orasida 49 yoshli Oksana Chusovitina ham bor, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 20-aprelga qadar davom etadigan 4 bosqich yakuniga koʻra oʻz yoʻnalishlarida tengsiz boʻlgan 2 nafardan atlet Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Shu tariqa, unda Oksana Chusovitina oʻzining toʻqqizinchi Olimpiadasiga litsenziya olish uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda Qohiraga yo‘l olgan:

Erkaklar:

  • Rasuljon Abdurahimov;
  • Abdulaziz Mirvaliyev;
  • Humoyun Islomov.

Ayollar:

  • Oksana Chusovitina;
  • Dildora Aripova;
  • Odinaxon Robijonova.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ