Toshkentda talabalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Students cup” musobaqasi o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 1 092
Toshkentda talabalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Students cup” musobaqasi o‘tkaziladi

Toshkentda talabalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Students cup” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 4-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Professional futbol ligasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari ishtirokida “Students cup” musobaqasini tashkil etish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Musobaqa bilan bog‘liq tafsilotlar Liga sahifalarida yoritib boriladi.

Musobaqada ishtirok etishni maqsad qilgan jamoa oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan talabnomani Tashkiliy qo‘mitaga (info@pfl.uz) taqdim etishi lozim. Talabnomaning namunaviy shakli hamda musobaqa Nizomi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, “Students cup” Talabalar ligasi kabi davriy musobaqa hisoblanmaydi. U kubok shaklida o‘tkaziladi va bir necha kun ichida g‘olib jamoa aniqlanadi. “Students cup” poytaxt va Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ